Topivoldiev Mamadali

Topivoldiev Mamadali (1919.20.9 — Farg’ona viloyati Rishton tumanidagi Pandigon qishlog’i — 1969.7.5) — 2-jahon urushi qatnashchisi. 1941 y.dan frontda. Borisov sh. yaqinidagi jangda yaralangan va asirga tushib krlgan. 1942 y. asirlikdan qochgan. Belorussiyadagi partizanlar brigadasida razvedka bo’linmasi komandiri. T. Mogilyov viloyati Krugloe rnidagi janglarda alohida jasorat ko’rsatgan. 1944 y. avg.da Kahramon unvoniga sazovor bo’lgan. Armiya safidan bo’shatilgach, qishlog’ida kz raisi bo’lib ishlagan. Rishton tumanidagi Zodiyon qishlog’ida byusti o’rnatilgan. Farg’ona, Rishton, Hamza sh.lardagi ko’chalarga, Rishton tumani qishloq Kengashiga nomi berilgan. Pandigon qishlog’ida uymuzeyi bor. Mogilyov viloyatining Krugloe shaharchasi T. nomi bilan atalgan.