TOPSHIRIQ SHARTNOMASI

TOPSHIRIQ SHARTNOMASI – fuqarolik-huquqiy shartnoma turlaridan biri. Unga ko’ra, bir taraf (vakil) 2taraf (topshiriq beruvchi)ning nomidan va uning hisobidan muayyan harakatlarni sodir etish majburiyatini oladi. Binobarin, vakil tuzgan bitim bo’yicha huquq va majburiyatlar bevosita topshiriq beruvchvda vujudga keladi. T. sh. yozma shaklda tuziladi. Agar qonun hujjatlarida yoki shartnomaning o’zida nazarda tutilgan bo’lsa, topshiriq beruvchi ishonchli vakilga haq to’lashi shart. T. sh. ikkala taraf yoki ulardan birining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog’liq bo’lsa, topshiriq beruvchi, agar shartnomada boshqacha holat belgilanmagan bo’lsa, ishonchdi vakilga haq to’lashi shart. Vakil o’ziga berilgan topshiriqni topshiriq beruvchi ko’rsatmalariga muvofiq bajarishi kerak. Ishning holatlariga ko’ra, topshiriq beruvchining manfaatlari uchun uning ko’rsatmalaridan chetga chikish zarur bo’lsa, vakil bu haqda topshiriq beruvchidan oldindan so’ray olmagan, o’z so’roviga oqilona muddatda javob olmagan bo’lsa, u topshiriq beruvchining ko’rsatmalaridan chetga chiqishga haqli. Bunday hollarda vakil xabar berish imkon tug’ilishi bilanoq yo’l qo’yilgan chetga chiqishlar haqida topshiriq beruvchiga xabar qilishi shart. Topshiriq beruvchi tijorat vakili sifatida ish olib boradigan vakilga topshiriq beruvchining manfaatlarini ko’zlab oddindan surov yubormagan holda topshiriq beruvchining ko’rsatmalaridan chetga chiqish huquqini berishi mumkin. Shartnomaning mazmunini taraflarning huquq va majburiyatlari tashkil qiladi. Shartnbmaning huquqiy belgilari 2 tomonlama, konsensual, haq evaziga ham, haqsiz ham bo’lishi mumkin. T.sh. ning bekor bo’lishi, T.sh.da huquqiy vorislik va b. masalalar O’zbekiston Respublikasining FK da belgilab qo’yilgan (817modda). Ikrom Zokirov.