Toqi Bo’ston

Toqi Bo’ston — Sosoniylar davri Eron me’morlik san’ati yodgorligi (4-5-asrlar). Shoxlarning ov qo’rg’oni, chorbog’i. Kermonshah (hozirgi Baxtaran)dan 5 kilometr shimoliy Sharqda joylashgan. 2 ravoqli qoya. Kichik ravoq (tarhi 5,8×3,6 metr) ni Shopur III (383-388), katta ravoq (tarhi 7,94×6,79 metr) ni esa Poroz (457-483) yoki Xisrav II (590-628) qurdirgan. Ravoqlardagi bo’rtma tasvirlarda haykalchalar, to’ng’iz va bug’u ovi tasviri hamda yozuvlar saqlangan.