TORAJLAR

TORAJLAR — Indoneziyadagi (Sulavesi orolining Markaziy qismi) xalqlar guruhi (sadanglar, Poso, Koro, Palu va boshqalar). 1,5 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Indonez tilida so’zlashadi. Dindorlari — asosan, sunniy musulmonlar va xristianprotestantlar. Asosiy mashg’uloti — dehqonchilik, buyvollar boqish.