Torkretbeton

Torkretbeton – siqilgan havo bosimi ostida bog’lovchi va to’ldiruvchining quruq aralashmasi va suvni alohida beriladigan soplo orqali tsementli aralashma yoki beton qorishmasi yuzasiga yoki qolipga sepish (torkretirlash) bilan olinadigan yuqori mustahkam beton. Qorishmaning soplodan yuqori tezlikda otilib chiqishi uning yuza yoki qolipga zich o’rnashishini ta’minlaydi.