TOROB

TOROB — Buxoro viloyati Jondor tumanidagi qadimgi qishloq. Ilk o’rta asrlarda Torob qishlog’ida muhaddislardan Abu Fazl Maxdiy ibn Ishkob attorobiy tug’ilgan va Abu Rajo Ahmad ibn Ya’qub al-Poykandiy attorobiy yashagan. Bu qishloqda Mahmud Torobiy tug’ilgan va 1238 yilda Maxmud Torobiy qo’zg’oloni boshlangan. Torob qo’zg’olonchilarning dastlabki tayanch manzili bo’lgan. Buxoro amirligi davrida Torob Xayrobod tumani tarkibiga kirgan. Ad.: Abdulkarim asSam’oniy, Nasabnoma (Atansob), Buxoro, 2003.