TORONDOSHLAR

TORONDOSHLAR (Polygonaceae) ikki urug’pallalilar sinfiga mansub o’t, buta va yarimbuta o’simliklar oilasi. Barglari ketma-ket o’rnashgan, tekis qirrali. Gullari, asosan, ikki, ba’zan, bir jinsli, mayda, to’pguli shingilsimon, boshoqsimon. Gulqo’rg’oni 3-6 bo’lakchali bir yoki ikki qavat. Changchisi 3-9 ta, urug’chisi 2-4 ustunchali. Mevasi — uch qirrali yong’oqcha. 30-35 turkumi, 1000 turi ma’lum. O’rta Osiyoda 7 turkumi bor. Hammasining tarkibida tannin mavjud (masalan, toron, otquloq va rovoch).