TORQOPCHIG’AY

TORQOPCHIG’AY — Qashqadaryo viloyati va Turkmenistan Janubiy g’arbidagi soy. Hisor tizmasining Kattapoy tarmog’i yon bag’ridagi buloqlardan boshlanadi. Oqboshtog’va Qorabaland tog’larini kesib o’tadi. Qarshi cho’liga yetmasdan tugaydi. Uzunligi 205 kilometr. Bahorda toshadi (suv sarfi 1 m3/sek. chamasida), yozda qurib qoladi. Tepaqo’ton kaliyli tuz konlaridan oqib o’tgani uchun suvi sho’r. Torqopchig’aydan Dehqonobod tumanidagi Torqopchig’ay qishlog’i aholisi va xo’jaliklari suv oladi.