Torrichelli (Torricelli) Evanjelista

Torrichelli (Torricelli) Evanjelista (1608.15.10, Faentsa — 1647. 25.10, Florentsiya) — italyan fizigi va matematigi. G. Galileyiyant shogirdi — B. Kastelli qo’lida ta’lim olgan. «Qattiq jismlarning harakati haqida traktat» (1641) kitobida g. Galileyning harakat haqidagi g’oyasini rivojlantirdi. Galiley vafotidan so’ng uning vorisi sifatida gersog Toskaneskiy saroyida matematik, ayni paytda Florentsiya untida matematika prof. (1642). T. 1643 y.da tajriba yo’li bilan simobli barometrni kashf qilgan (q. Barometr). T. usti ochiq idish devoridagi teshikdan Suyukdikning oqib chiqish tezligi T. formulasi: i q ^2gh ni keltirib chiqargan, bunda: h — teshik markazidan suyukdik sathigacha bo’lgan balandlik, g — og’irlik kuchi tezlanishi. Bunga binoan, sathlari bir xil bo’lgan har qanday suyuklik idish teshigidan bir xil tezlikda chiqadi, degan xulosaga kelgan.