TO’SH
TO’SH (sternum) — odam, quruqlikda yashovchi hayvonlar skeletining bir qismi. Yelka kamari suyaklari uchun tayanch vazifasini bajaradi. Quruklikda yashovchi hayvonlarda To’sh qovurg’alar bn tutashib, ko’krak qafasini hosil qiladi. Suvda va quruqlikda yashovchilarda toq Tog’ay suyak yoki suyakdan, sudralib yuruvchilarda tog’aydan iborat. Qushlarda yaxlit suyakdan iborat bo’lib, toj o’simtasini, sut emizuvchilarda 3 bo’g’im — dastak, tana va xanjarsimon o’simtani hosil qiladi.