TOSH O’YMAKORLIGI

TOSH O’YMAKORLIGI – o’ymakorlik turi; amaliy bezak san’atining keng tarkalgan sohasi. T.o’.da bezatiladigan buyum sirtiga o’yib, baland yoki yassi bo’rtma hosil qilib yozuv, naqsh, tasvir ishlanadi. Bunda yumshoq (gipstosh, ohaktosh va b.), o’rtacha (malaxit, marmar va b.) hamda qattiq (nefrit, lazurit, yashma va b.) toshdan foydalaniladi. Tosh turlari inkrustasiya kilinishi, o’zaro biriktirilishi, zichlabqalab mustahkamlab, keyin T.o’. bilan bezatilishi mumkin. O’zbekiston hududidan topilgan T.o’.ning ilk namunalari neolit, eneolit, jez davrlariga mansub. O’rtaosiyolik ustalar qadimdan mineral va tog’jinslarining xossalari, ishlash usullarini yaxshi bilgan; yassi bo’rtma (relef)li T.o’. rivojlangan. Hozir T. o’.ning asosiy qismi mexanizasiyalashgan (yana q. Toshtaroshlik).