Dengiz, chuchuk suv va quruqlikda yashaydigan toshbaqalarning hammasi tashqi zirh bilan qoplangan, tangachasimon terisi va dag’al, qotib ketgan burni bo’ladi. Ularning hammasi o’pkasi bilan nafas oladi va ikki: tashqi va ichki qismdan iborat zirhga ega. Mana shu oraliqda toshbaqa boshi va bo’ynini, dum va panjalarini tashqariga cho’zib chiqarishi mumkin. Toshbahalarning ko’zi, ta’m va hid sezgisi o’tkir bo’ladi, ammo juda yomon eshitadi. Toshbaqalarning aksariyati har xil ovqatlarni yeydi. Urg’ochi toshbaqalar shipillaydigan ovoz chiqarsa, narlari qandaydir «angillagan» tovush chiqaradi. Ayrim katta quruqlik toshbaqalari hatto irillay oladi! Mavjud toshbahalarning eng kattasi dengizda yashaydigan, terisi qalin toshbaqadir. Uning og’irligi 450 kilogrammga yaqin bo’ladi, eng yiriklarining bo’yi 2 metrgacha yetadi va 680 kilogramm tosh bosadi. Toshbaqa sho’rvani dengiz toshbaqalariga mansub sanalgan yashil toshbaqa go’shtidan tayyorlashadi. U tropik dengizlarda yashaydi va 250 kilogramm tosh bosadi. Karetta deb nomlangan boshqa bir dengiz toshbaqasining muguz zirhi juda qimmatbahodir. U dengiz toshbahalari orasida eng kichigidir, bir metrdan oshadiganlarini juda kam ko’rasiz. Uning zirhi alohida-alohida, taram-taram sariq yo’lli shaffof to’q pushti muguz lappaklardan tashkil topgan. Shimoliy Amerikadagi eng yirik toshbaqa grif toshbaqasi sanalib, Missisipi daryosi bo’ylarida yashaydi. Uning og’irligi 70 kilogrammgacha chiqadi, dumlari uzun va og’ir, jag’lari kuchli va o’tkir. Shimoliy Amerika quruqliklarida o’rmon toshbaqasi keng tarqalgan bo’lib, uning terisi och qizil tusda. Uni qo’lga o’rgatsa bo’ladi, qo’ldan ovqat yeydi. Toshbaqalar qishda ariqlar tubida va yerdagi uyalarida uyquga ketadilar. Toshbaqalar 200 yil va undan ham ko’proq yashashi mumkin!

Snikers shokoladi nomi, konditer Frenk Marsga tegishli bo’lgan sevimli ot nomiga qo’yilgan

Tushingizda pastga qulayotganingizni his qilsangiz, bilingki, o’sha paytda miyangiz siz hali tirik ekaningizga ishonch hosil qilmoqda

Spirtli ichimliklar inson miyasida yolg’on o’ylab topish jarayonini qiyinlashtiradi

Ortiqcha o’ylar — depressiyaning asosiy sababi hisoblanadi

Bodiring qondagi qand miqdorini pasaytirishga yordam beradi

Inson organizmidagi mikroflora juda katta sirlarni o’zida saqlaydi

Kvas tarkibida B guruhi vitaminlari asab tizimini mustahkamlaydi, charchoqni kamaytiradi va energiya beradi

Gilos mevalar ichida eng kam kaloriyali ne’matlardan biri hisoblanadi

Inson tanasidagi qon tomirlarining umumiy uzunligi taxminan to’qson olti ming kilometrni tashkil qiladi
