Toshkanboevlar
Toshkanboevlar – o’zbek dorbozlari sulolasi. O’zbek tsirkining shakllanishi va milliy dorbozlik san’atining rivojiga katta hissa qo’shgan tsirk san’atkorlari. Toshkanboy Egamberdiev (1866.3.3 — Asaka — 1963.9.2) — sulola asoschisi. O’zbekiston va Rossiya (1939) xalq artisti, mehnat qahramoni (1937). Faoliyatini 7 yoshidan boshlab, otasi Egamberdi hoji bilan xalq bayram va sayillarida, shahar maydonlarida dorbozlik o’yinlarini namoyish etishgan. 19-a.ning 80-y.laridan boshlab mustaqil ishlagan, dorbozlik va simbozlik san’atini mukammal egallagan. 5-6 m balandlikdagi simdor ustida 20 dan ortiq mashqlar ijro etgan, jumladan, balandga yoki uzunasiga sakrash, oyog’iga pichoq, lagan, mis qozon, yog’ochoyoq bog’lab yoki baland poshnali poyabzal kiyib sim ustida yurish, boshda qaynayotgan samovar olib o’tish va b. Shuningdek, 25-30 m balandlikda tortilgan qiya dor ustida murakkab mashqdarni ijro etgan, chig’iriqsa gimnastika unsurlarini bajargan. 1908 y. Toshkentda bo’lib o’tgan Turkiston sanoat va hunarmandchilik ko’rgazmasida qatnashib, «eng yaxshi dorboz va simboz» deb topilgan, oltin medal va qimmatbaho sovg’alar bilan mukofotlangan. 1920-30-y.lar O’rta Osiyo davlat va xususiy tsirklarda ishlagan. 1935 y.da SanktPeterburg tsirkida uning rahbarligi va ishtirokida «Dorbozlar» milliy dasturi yaratilib, dor o’yinlari ilk bor ochiq maydondan tsirk gumbazi ostiga ko’chiriladi. 1942 y. o’zbek tsirki jamoasini tashkil etdi va unga rahbarlik qiddi. 1947 y. 81 yoshida so’nggi marta dorga chiqdi. 1950-56 y.larda Toshkent tsirkining badiiy rahbari. Egamberdievning farzandlari: Toshkanboev Qodirjon (1889. 15.4 Asaka 1972.15.8) dorboz. Yoshligidan milliy tsirk san’atining turli janrlarini — besuyak, muallaqchilik, chig’iriq o’yini, dorbozlik, simbozlik, masxarabozlik, yog’ochoyoq va b.ni egallab, 1920-30 y.larda otasi bilan birgalikda davlat va xususiy tsirklarda ishlagan. 1935 y.dan esa «dorbozlar» dasturida qatnashgan. Toshkanboev Shokirjon (1906.1.5, Asaka 1965.13.4, Toshkent) — dorboz. 1950 y. uning rahbarligida Toshkentdagi «Saxnadagi tsirk» birlashmasi qoshida «O’zbek dorbozlari» guruhi tashkil etildi va bu guruh qad. dorbozlik san’atini yangi pog’onaga ko’tardi. Ilk bor dorda muhofaza vositasi — «lonja»ni ishlata boshladi va natijada an’anaviy repertuar bir qator yangi murakkab mashklar bilan boyidi. Xususan, ochiq havodagi dor ustida «ko’prikcha» shaklida turish, elka bilan dorga tiralib, oyoklarni tepaga cho’zish kabi tryuklarni birinchi marotaba Shokirjon ijro etdi. Rafiqasi Faxriddinova Maryam (1910—Toshkent — 1963.9.11) — O’zbekistondagi birinchi dorboz ayol, raqqosa. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist (1939). 1935-50 y.lar «dorbozlar» dasturida qatnashgan. Toshkanboev Obidjon (1915. 1.1, Asaka — 2004.31.3, Toshkent) — dorboz. O’zbekiston xal q artisti (1961). 1949 y.dan «dorbozlar» dasturining rahbari. 1960-69 y.lar o’zbek tsirki jamoasining badiiy rahbari. 1962 y.dan Akrom Yusupov bilan birga qiziqchidorboz sifatida faoliyat ko’rsatgan. 3-7 kishi tomonidan ijro etiladigan bir qator murakkab dor o’yinlarining muallifi va ishtirokchisi (mas., «Ikkitalik shpagat», «uchtalik shpagat», «obkash», «uch pog’onali piramida», «to’rt kishilik ustun» va b.). An’anaviy dor va simdorda saltomortalening birinchi ijrochisi. Toshkanboev Shokirjonning farzandlari: Toshkanboev Erkin (1929.18.7, Toshkent) — dorboz, akrobat, rej. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist (1966). Toshkent teatr va rassomlik san’ati intini tugatgan (1974). 1935 y.dan «Dorbozlar» dasturida xizmat qilgan. 1969 y.dan «sahnadagi tsirk» birlashmasida avval artist, so’ng bosh rej. (1974), direktor (1975-2002). 1991-2000 y.lar «O’zbekdavlatsirk» Respublika birlashmasining bosh direktor o’rinbosari. 30 dan ortiq tsirk spektakllarini saxnalashtirgan: «yaxshi odam va badjahl xon haqida ertak», «sehrli ko’l», «Olimp kamalagi», «2000 yillik Toshkent — 1500 yillik Kievga», «qizil Lola», «Gulla, yashna jonajon Uzbekistan», «Do’stlar uchrashuvi» va b. An’anaviy va zamonaviy o’zbek tsirki aks ettirilgan bu spektakllar xorijiy mamlakatlarning sahnalarida — madaniyat saroylarida, stadionlar, tsirklarda namoyish etildi. «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (2004). Toshkanboev Erkinning farzandlari: Toshkanboev Po’lat (1960.3.1, Toshkent) — tsirkshunos, rej. Toshkent teatr va rassomlik san’ati intini tugatgan (1982). San’atshunoslik fanlari nomzodi (1993). 1982 y.dan «Saxnadagi tsirk» birlashmasi rej. i, 2002 y.dan direktori. Toshkanboev Murod (1964.16.6, Toshkent) — dorboz, simboz, akrobat. Akrobatika bo’yicha sport ustasi (1981). Toshkent jismoniy tarbiya intini tugatgan (1985). 1987 y.dan «Saxnadagi tsirk» birlashmasidagi «O’zbekiston dorbozlari» guruhining rahbari va ishtirokchisi. Toshkanboeva Anorxon (1935.9.1, Toshkent) — dorboz, rak,krsa, jurnalist. O’rta Osiyo untini tugatgan (1958). 1943-50 y.larda «dorbozlar» dasturida ishtirok etgan. «Dorbozlar» badiiy filmi stsenariysining hammuallifi (Ya. Ilyosov bilan). O’g’li Yusupov Jalol (1969.19.8, Toshkent) — dorboz, akrobat, teatr va kino aktyori. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist (2002). Toshkent teatr va rassomlik san’ati intini tugatgan (1990). Akrobatika bo’yicha sport ustasi (1981). 1990 y.dan yoshlar teatri aktyori. Teatrda Trufaldino («Malikai Turandot»), Jerond («zo’raki tabib»), Teve sutchi («tomdagi kamonchi»), Nasriddin afandi («o’yinchi kiz sharora»); kinoda Zokir («Chinor ostidagi duel»), Tursunboy («Suyunchi»), Akmal («Havo piyodalari»), Rufat Qudratov («ringga chaqiriladi») va b. rollarni ijro etgan. Toshkanboev Zokirjon (1946.7.9, Toshkent 2002.14.5) dorboz, akrobat, musiqachi. Toshkent madaniyat intini tugatgan (1985). 1963 y.dan «O’zbek dorbozlari» guruxi qatnashchisi. O’g’li Toshkanboev Shokirjon (1975.24.1, Toshkent) — dorboz, akrobat. Respublika estradasirk san’ati studiyasini tugatgan (1991). 1991 y.dan «O’zbekiston dorbozlari» guruhining qatnashchisi. Toshkanboev Obidjonning farzandlari: Toshkanboeva Donoxon (1938.10.11. Toshkent) — dorboz, akrobat. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist (1964). 1947 y.dan «dorbozlar» dasturida katnashadi. 1959-75 y.larda «Voltijyorakrobatlari», «havo gimnastlari» dasturlarida ishtirok etgan. 1985 y.dan Respublika estradasirk san’ati studiyasi pedagogi. Qizi Toshkanboeva Malika (1961.31.1, Toshkent) — akrobat. Moskva estradasirk bilim yurtini tugatgan (1979). 1979 y.dan «akrobatika etyudi» ijrochisi; ugli Toshkanboev Maxsum (1974.9.1, Toshkent) — dorboz, akrobat. Respublika estradasirk san’ati studiyasini tugatgan (1991). 1991 y.dan «O’zbekiston dorbozlari» guruhining qatnashchisi. Toshkanboeva Mamlakat (1940.18.11, Toshkent) — dorboz, akrobat. O’zbekiston xalq artisti (1987). 1954 y.dan «dorbozlar» dasturida, «havo gimnastlari», «parterdagi uchish» tomoshasining ishtirokchisi. 1959 y.dan turmush o’rtog’i, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Roman Bley bilan «akrobatika etyudi»ni ijro etgan. 1973— 95 y.larda «Sharq jilolari» tuya ustida akrobatlar attraktsioni rahbari va ishtirokchisi. Attraktsion sharqona usulda bezatilgan bo’lib, unda chopayotgan tuyalar ustida bir qator murakkab akrobatik mashklar va piramidalar ijro etilgan. Dasturda qizi Toshkanboeva Jamila (1963.6.3, Toshkent) ishtirok etadi. Toshkanboev Olimjon (1945.17.1, Toshkent) — dorboz, akrobat. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist (1980). Toshkent teatr va rassomlik san’ati intini tugatgan (1989). «Parterdagi uchish» nomerining rahbari va ishtirokchisi (1964). 1975 y.dan «Uzbekdavlatsirk» Respublika birlashmasi qoshidagi «O’zbekiston dorbozlari» guruhining rahbari va ishtirokchisi. Dasturda qizi Jarita (1967.3.8, Toshkent) va ugli Rustam (1975. 27.4, Toshkent) ishtirok etishadi. Guruh xalqaro tsirk san’ati festivallarida ishtirok etib, «mahorat va jasorat» kubogi (Belgiya, 2001) va maxsus sovrin (Gollandiya, 2002) bilan mukofotlangan. Toshkanboev Jumaboy (1949.25.2, Toshkent) — dorboz, akrobat, masxaraboz, havo gimnasti. 1963 y.dan «dorbozlar» dasturining, 1973 y.dan «havo gimnastlari» tomoshasining ishtirokchisi. Dasturda qizi Lola (1973.3.12, Toshkent) qatnashadi. Toshkanboev Alisher (1954.18.4, Toshkent) — dorboz, akrobat. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist (1987). 1965 y.dan «dorbozlar» dasturining ishtirokchisi. 1975 y.dan Toshkanboeva mamlakat rahbarligidagi «Sharq jilolalari» tuya ustida akrobatlar attraktsionining qatnashchisi. 2000 y.da SanktPeterburg tsirki qoshida «Shark jilolari» attraktsionini qayta tiklab, tuyalar ustida ijro etiladigan murakkab akrobatika mashqlari bilan boyitdi. Dasturda o’g’li Sindbad (1980.11.3, Toshkent) katnashadi. Toshkanboy Egamberdievning nabirasi (Barnoxon Toshkanboevaning o’g’li) Toshkanboev Kamoliddin (1927.28.10 — Asaka — 1991.13.10) — dorboz, simboz, akrobat. O’zbekiston xalq artisti (1980). Dorbozlik va simbozlik san’atini buvasidan urgangan. 1935 y.dan «Dorbozlar» dasturining qatnashchisi. 1965-1991 y.larda «sahnadagi tsirk» birlashmasi qoshidagi «O’zbek dorbozlari» guruhining rahbari va qatnashchisi. An’anaviy dorbozlik repertuariga birmuncha o’zgarishlar kiritdi. Qiya tortiladigan dor o’rniga gorizontal dor ishlatilganligi natijasida yakka mashklar bilan bir qatorda, 2-4 kishi ijro etadigan murakkab o’yinlar ham kiritilgan. Xususan, «obkash», «uch kishilik ustun», «Bosh ustida shpagat», dorda o’mbaloq oshish, dorda utirgan dorboz ustidan sakrab utish kabi mashklar ochiq havoda ilk bor namoyish etildi. 2 va 3 pog’onali dor ustida turli mashqlar uzlashtiriddi. Simbozlik san’atining rivojlanishiga ham katta hissa qo’shgan va simdor o’yinlarini ijro etgan. O’g’li Tohir (1961.9.2, Toshkent) — dorboz, simboz, akrobat, 1991 y.dan «O’zbek dorbozlari» guruhining rahbari va ishtirokchisi. 1995 y.da Toshkentda 1Markaziy Osiyo o’yinlarini tantanali ochilish marosimida qatnashib, sport tarixida birinchi marta Olimpiya mash’alini dor ustidan olib o’tdi. T. sulolasi vakillari o’z san’atlarini Evropa, Osiyo, Amerika va Afrikaning 30 dan ortiq mamlakatlarida namoyish etishdi. Toshkent davlat tsirki va Asaka madaniyat va istirohat bog’iga Toshkanboy Egamberdiev nomi berildi. Milliy tsirk san’atini rivojlantirish va uni jahon maydoniga olib chiqish maqsadida 1995 y. Toshkanboy Egamberdiev nomidagi xalqaro xayriya jamg’armasi tashkil etildi. T. «Ikkinchi xotin» (1927), «Mardlar maydoni» (1953), «dorbozlar» (1965), «ikki dil dostoni» (1966), «Havo piyodalari» (1980), «To’ylar muborak» (1982) filmlarida qatnashgan. T. haqida «sahnada — o’zbek tsirki» (Germaniya), «maydonda — milliy tsirk» (Rossiya), «dorboz Toshkanboevlar», «O’zbek tsirki», «tomosha davom etadi» hujjatli filmlari ishlangan. Hoz. kunda T. sulolasining beshinchi va oltinchi avlodi faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Ad.: Obidov T., Dorbozlar qissasi, T., 1966. Po’lat Toshkanboev.