TOSHKENT

TOSHKENT — shahar, O’zbekiston Respublikasi poytaxti, Toshkent viloyati markazi. Markaziy Osiyoning yirik sanoat transport chorrraxasi va madaniyat markazlaridan. Respublikaning shimoliy Sharqiy qismida, Tyanshan tog’lari etaklarida, 440-480 metr balandlikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan. Iqlimi kontinental, yillik o’rtacha temperatura 13,3°, yanvarning o’rtacha temperaturasi -1,1°, eng past temperatura -29°. Iyulning o’rtacha temperaturasi 27,5°, eng yuqori temperatura 42°. Yiliga 360— 390 millimetr yog’in yog’adi. Chirchiq daryosidan chiqarilgan va butun shahar bo’ylab o’tadigan Bo’zsuv, Salor, Anhor, Qorasuv, Oqqo’rg’on, Bo’rijar, Oqtepa, Qoraqamish va boshqa kanallar uning mikroiqlimiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Maydoni 327,9 kilometr kvadrat. Aholisi 2157,8 ming kishi (2004 yil; 1977 yil 1689 ming kishi, 1970 yil — 1385 ming kishi, 1959 yil — 927 ming kishi, 1939 yil — 556 ming kishi, 1926 yil — 314 ming kishi, 1897 yil — 156 ming kishi). Shaharda 11 tuman (Akmal Ikromov, Bektemir, Mirzo Ulug’bek, Mirobod, Sergeli, Sobir Rahimov, Chilonzor, Shayxontohur, Yunusobod, Yakkasaroy, Hamza), 1 shaharcha (Ulug’bek) bor (2004). O’zbekiston mustaqillikka erishgach, Toshkentda O’zbekistonning boshqa viloyat va shaharlarida bo’lgani kabi boshqaruvning tarixiy-milliy shakli — hokimlik o’rnatildi. 1991 yil 18 noyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining «O’zbekiston Respublikasi poytaxti — Toshkent shahri maqomi va davlat hokimiyati organlari to’g’risida»gi qaroriga muvofiq Toshkentda hokim lavozimi joriy etildi. Toshkent shahar hokimi Prezident tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda Xalq deputatlari shahar kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Shahardagi tumanlarning hokimlari shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi xamda xalq deputatlari shahar kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Toshkent 2000 yillikdan ortiq tarixga ega. Bu davr ichida u mudofaa devori bilan o’ralgan qal’adan jahondagi yirik shaharlardan biri, O’zbekiston Respublikasining poytaxtigacha bo’lgan yo’lni bosib o’tdi. Asrlar davomida shahar o’zining tinch hayotidagi muhim voqealarni va suronli jangu jadallarni,. yuksalish va inqiroz davrlarini boshidan kechirdi. Necha bor shahar vayron bo’lib, qayta qad ko’tardi. Qadimgi o’rnidan necha bor siljib, nomi xam bir necha marta o’zgardi. Xoja Ahror Valiy, Shayx Umar Bog’istoniy, Abu Bakr Shoshiy, Abu Sulaymon Banokatiy, Hofiz Ko’hakiy kabi butok allomalar shu hudjda yashab, ijod etganlar. Toshkentning uzoq o’tmishi va u qad ko’targan qadimgi Choch yoki Shosh viloyati haqidagi ma’lumotlar yozma manbalarda xilma-xil hamda uzuq-yuluq tarzda aks etgan. Zardushtiylarning qadimgi muqaddas kitobi Aeecmona Sirdaryo havzasidagi mamlakat «Turon», aholisi esa «tur»lar deb yuritilgan. Bu o’lkada tur qavmlari urug’ va qabila oqsoqollarining diniy va siyosiy qarorgohi — Qang’xa (Qang’a) shahri borligi tilga olinadi. Toshkent haqidagi dastlabki aniqroq ma’lumotlar miloddan avvalgi 2-asr — milodiy 5-asrlarga mansub Xitoy manbalarida uchraydi. Ularda Toshkent viloyati qadimda Loyueni, Yuni, so’ngra Chjeshe, Chjechji, Chjesi va Shi deb nomlangan. Bu atamalar (avvalgi ikkitasidan tashqari) «Choch» so’zining xitoycha talaffuz etilishi natijasida hosil bo’lib, hatto oxirgi «Shi» toponimi xitoychada «tosh» ma’nosini anglatgan. Miloddan avvalgi 3-asrda qadimgi Choch viloyatida tashkil topib, milodning 3-asrlarigacha hukm surgan «Qang'» («Qang’a» yoki «Qang’xa») davlati Xitoy yozma manbalarida «Kangkiya» («Kanizyuy») nomlari bilan tilga olinadi. Qadimgi toxarlar tilida «Qang'» so’zi ham «tosh» ma’nosini anglatgan. Bu davlatning poytaxti — Bityan shahri bo’lib, u Ioshaxasart daryosi (Sirdaryo) bo’yida joylashgan. Bityan shahri Davan (Farg’ona vodiysi)dan 1510 li (528 kilometr) masofada bo’lgan. Bityan shahrining bizgacha saqlanib qolgan xarobalari mahalliy aholi o’rtasida «Qanqatepa» nomi bilan mashhur. U Toshkentdan 70 kilometr Janubda — Sirdaryoga yaqin yerda, Ohangaron daryosining qurib qolgan qadimg o’zani bo’yida joylashgan. Arxeologik ma’lumotlardan ma’lum bo’lishicha, Qanqatepa miloddan avvalgi 3-asrdayoq atrofi mudofaa devori bilan o’ralgan hamda arkli katta shahar bo’lib, maydoni 160 gektarga teng bo’lgan. Qadimgi Qang’ davlatining fuqarolari ham «qang’ar», «qanzar», keyinchalik «qanhi», «qang’li» yoki «Qa’ni» deb nomlangan. Ular (qanqalar) hindlarning qadimgi kitobi «Mahabharata»da saklar va toxarlar nomlari qatorida tilga olingan. Yozma manbalarda keltirilishicha, Toshkentning qadimgi nomi «Choch» bo’lgan. Toshkent arablar tasarrufiga o’tgach, Arab alifbosida «ch» harfining yo’qligi bois arabiy asarlarda «Shosh» deb yuritilgan. Ilk o’rta asrlarda u «Choch», «Shosh», «Shoshkent», «Madinat ashshosh», «Binkat» va «Tarkan» deb nomlangan. Toshkent haqidagi dastlabki ma’lumotlar mahalliy olimlar (Xorazmiy) va tarixchi geograflardan Tabariy, Istahriy asarlarida uchraydi. Istahriyning «kitob al masolik val mamolik» («yo’llar va mamlakatlar to’g’risidagi kitob»)ida Shoshning bosh shahri Binkat deb ko’rsatiladi. 10-asrda yozilgan (muallifi noma’lum) «Hudud ulolam» («olamning chegaralari») kitobida «Choch bu katta viloyat, xalqi jangovar va sahiydir. U yerda kamon va o’q-yoy yasaladi. Binkat Chochning poytaxti hisoblanadi. Bu katta shahar, ayni vaqtda podshoning qarorgohidir», deb ta’riflanadi. Firdavsiyning «Shohnoma» asarida Choch o’zining kamoni Shoshiy (o’q-yoylari) bilan mashhurligi haqida misralar bor. Shahar «Toshkent» nomi bilan dastavval 11-asrning mashhur allomalari — Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Koshg’ariyning asarlarida tilga olinadi. Beruniy «Hindiston» asarida Toshkent nomining kelib chiqishi to’g’risida so’z yuritib, «tosh» so’zi asli turkcha bo’lib, Shosh ko’rinishini olgan. «Toshkand — toshli qishloq demakdir» (Abu Rayqon Beruniy, tanlangan asarlar, T., 1963, 2 j., 2326.), deb izohlaydi. Mahmud Koshg’ariyning ma’lumoti bo’yicha, Toshkent 11 —12-asrlarda «Tarkan» deb ham yuritilgan. Zahiriddin Muhammad Bobur «Boburnoma» da Toshkent nomi ustida to’xtalib, «… asarlarda Toshkent nomini Shosh, ba’zan Choch yozadilar» deb qayd etadi. Biroq 16-asr oxiri va 17-asr boshlarida Toshkent toponimi shuhrat topib, uning qadimgi Choch, Shosh va Binkat nomlari asta-sekin muomaladan tushib qoldi. 17-asrda yashagan tarixchi olim Mahmud ibn Vali shunday yozadi: «Shosh — Sayxun (Sirdaryo)ning u tomoniga joylashgan shahar va Turkiston (viloyat)ga qaraydi… Uni Choch ataydilar. Biroq hoz. vaqtda u Toshkent nomi bilan mashhurdir». Toshkent vohasida shahar madaniyatining shakllanib, shaharning qad ko’tarishi shu o’lkada yashagan qadimgi chorvador va dehqonlarning ijtimoiyiqtisodiy va madaniy hayotidagi ulkan tarixiy jarayon bo’lib, bu jarayon shubhasiz o’lkaning o’zlashtirilib, obod etilishi, ayniqsa, unda chorvachilik va dehqonchilik xo’jaliklarining tashkil topishi hamda hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning rivojlanish tarixi bilan uzviy bog’liqdir. Bu jarayonning tarixiy manzarasi nihoyatda keng bo’lib, u yozma manbalarga nisbatan ko’proq arxeologik tadqiqotlar vositasi bilan tiklanmoqda. Shuning uchun ham Toshkent hududida olib borilgan arxeologik tadqiqotlarning natijalari qadimgi va o’rta asrlarga oid manbalardagi ma’lumotlarni to’ldirib, ularga aniklik kiritmoqda. Geografik jihatdan qulay, iqlimi mo’tadil bo’lgan Chirchiq va Ohangaron vodiylarida uzoq o’tmishdayoq chorvachilik va dehqonchilik bilan shug’ullangan aholi yashagan. Arxeologik yodgorliklarnint guvoxlik berishicha, miloddan avvalgi 2-ming yillikning oxiri va 1-ming yillikning boshlarida ko’chmanchi chorvador aholining o’troqlashuvi kuchayib, dehqonchilik kengaya boshlagan. Hali sug’orma dehqonchilik va irrigatsiya inshootlari qurish imkoniyati bo’lmagan Toshkentning dastlabki dehqonlari, garchi daryoning asosiy oqimidan suv bog’lab olishga qurbilari kelmagan bo’lsada, lekin, Daryo toshqinlari va adirlardan kelgan suvlardan hosil bo’lgan irmoqlar bo’yida, tabiiy zaxob yerlarda dehqonchilik kilganlar. Hozirgi Toshkentning Qorasuv, Salor va jo’n arig’idan sug’oriladigan Janub qismida shunday ibtidoiy dehqonchilik madaniyati tashkil topgan. Toshkentning bu ibtidoiy dehqonchilik madaniyatining izlari dastavval shahardan 30 kilometr Janubda Burganlisoy yoqasida topilib, tadqiq etilgani tufaili tarix fanida u Burganli madaniyati nomi bilan mashhur bo’lgan. Miloddan avvalgi 6—4-alarda Qorasuv, Salor va jo’n arig’i yoqalarida dastlab ilk qishloqlar qad ko’targan. Shulardan biri Jo’n arig’i bo’yidagi Shoshtepaning ostki qatlamidan qazib ochilgan qal’a xarobasidir. 1980-82 yillarda olib borilgan qazish ishlari uning miloddan avvalgi 6-4-asrlar va 2-1-asrlardagi rivojlanish bosqichlarini aniqlashga imkon berdi. Bir tomoni jo’n arig’iga yondoshgan bu qadimgi joy atrofi dastavval tuproq, marza bilan o’ralib, qal’a, istehkom qiyofasini olgan. Shoshtepaning qadimgi aholisi chorvachilik (qoramolchilik, yilqichilik, qo’ychilik hamda tuyachilik) bilan shug’ullangan. Qadimgi shoshtepaliklar jez va temirdan qurol-yarog’ va asboblar yasashni, kulolchilik hamda to’qimachilikni yaxshi bilgan. Shubhasiz, bu qishloqlarda, keyinchalik Toshkent vohasida shahar madaniyati shakllanib, qadimgi Toshkentning asta-sekin qad ko’tarishiga zamin bo’ldi. Miloddan avvalgi 2-1-asrlarda Shoshtepada qadimgi shahar belgilari paydo bo’ddi. Qadimgi qishloq xarobalari ustida atrofi qalin aylanma devor bilan o’rab olingan doira shaklidagi qal’a (qo’rg’on) qad ko’tardi. Milodiy 1-2-asrlarda suyakdan yasalgan yozuv tayoqchasi (stil) qadimgi Shoshda yasalib ishlatilgan. 15 santimetrli bu suyak qalamning bir tomoni yozish uchun uchli qilib, ikkinchi o’chirgich tomoni esa qiyshiq ko’p burchak shaklida kurakcha qilib yasalgan. Bu topilma milod boshlaridayoq Toshkent vohasida ham xattotlik mavjudligidan guvohlik beradi. Shoshtepadagi arxeologik obidalar shaharning mustahkam mudofaa devori, hashamatli me’moriy majmuoti, hunarmandchilik buyumlari, xatsavod va savdodan dalolat beruvchi topilmalar milod bo’sag’asida Toshkent vohasida shahar madaniyati rivojlanib, Shoshtepadagi qadimgi qishloq shahar qiyofasini ola boshlaganini ko’rsatadi. Shoshtepani o’rganish Toshkent hududidan shahar madaniyati tarixi xuddi shu davrdan boshlangan, ya’ni uning yoshi 23 asrdan kam emas deb bahrlashga imkon berdi. Milodning 1-asriga kelib Chirchiq, Salor, Qorasuv bo’ylaridagi vohaning qariyb yarmidan ko’prog’i o’zlashtirilib obod etilgan. Salor yonida joylashgan Choch shahri bu davrda har tomonlama etakchi mavqega ega bo’lib, uni muarrixlar haqli ravishda milodning boshlaridagi Toshkentning asosi deb hisoblaydilar. Buyuk ipak yo’lida joylashgan Toshkent Yevropa mamlakatlarining Hindiston va Xitoy bilan olib borgan turli aloqalarida muhim rol o’ynagan. Bu shahar 6-8- asrlarda, ayniqsa, ravnaq topgan. Shaharning Turk xoqonligi tarkibiga kirishi, uning Qoramozor tog’laridagi konlar yaqinida joylashganligi, hunarmandchilik mahsulotlariga doimo muhtoj dasht ko’chmanchilarining yondoshligi, shuningdek, asosiy karvon yo’llari, xususan, Buyuk ipak yo’li vohaning shim. hududlaridan o’tishi uni tezda Choch davlatining poytaxti bo’lib qolishiga imkon berdi. Shahar atrofi kuchli mudofaa devorlari bilan o’rab olinib, maxsus saroyqal’a qurilgan. Arxeologik qazishmalar vaqtida topilgan ishlab chiqarish. qurollari va uy-ro’zg’or buyumlari bu yerda yuksak madaniyat bo’lganidan dalolat beradi. Manbalarga ko’ra, shahar, ichida saroy, ibodatxona bo’lgan Ark, amaldorlarning uylari joylashgan Shahriston, hunarmandlar mahallalari o’rnashgan ichki va tashqi rabodlardan iborat bo’lgan. Shahar atrofida ozod jamoalarning keng ekinzorlari, qishlokdari, ilk zamindorlik dehqonlarining qo’rg’on va bog’rog’lari, istehkomlari paydo bo’lgan. Ekinzor yerlar va bog’lar chekkasida — ko’chmanchilar dashtiga tutash chegaralarda mudofaa istehkomlari qurilgan. Arab manbalarida bu shahar Chochning poytaxti — «Madinat ashshosh» (Shosh shahri) deb atalgan. Choch poytaxti hunarmandlari metalldan mehnat qurollari, yarog’-aslahalar, zebziynat va ro’zg’or buyumlari yasashgan, ko’nchilik bilan shug’ullanishgan, paxta va junshisha idishlar, zargarlik buyumlari yasab, ichki va tashqi savdoni ta’minlashgan. Shahar qizg’in savdo markazi ham bo’lgan. G’arbda Vizantiyadan tortib, sharqsa Xitoygacha bo’lgan davlatlarning Toshkent hududidan topilgan tangalari shundan dalolat beradi. Choch hokimi ham o’z tangalarini zarb qildirgan. 4-8-asrlarda Chochda kumush tangalar chikaradigan zarbxona bo’lgan. Qadimgi Choch hukmdorlari Old tomoniga mulkdorning surati, orqa tomoniga hujumga tayyorlanib turgan qoplon tasviri yoki sulolaviy ayri tamg’a tushirilgan pullarni zarb etgan. Chochning xuddi shu davrda zarb etilgan ba’zi tangalari orasida hukmdor bilan yonmayon turgan Malika tasviri tushirilgan pullar ham uchraydi. Bu shubhasiz, Chochning ilk o’rta asr ijtimoiy va iqtisodiy, ayniqsa, siyosiy hayotida hukmron tabaqa ayollarining yuqori nufuzga ega bo’lganligini ko’rsatadi. Ular «Sho’rxon xotun» va «Kabachxotun» (uy malikasi) kabi sharafli nomlar bilan ulug’lanib, shahar tashqarisida joylashgan so’lim qarorgohda istiqomat qilganlar. Bunday oyimlar yashagan joy «Achabat» (katta ona qo’nog’i) deb yuritilgan. Savdosotiq va hunarmandchilik bilan birga madaniyat ham yuksalgan. Manbalarga ko’ra, tasviriy san’at va, ayniqsa, musiqa rivoj topgan. Arab qo’shinlari Chochga ilk bor 713 yilda bostirib kelishgan. Tabariyning yozishicha, Chochni zabt etish uchun arablar 20 ming kishilik qo’shin tortgan. Shahar aholisi arablarga qarshi qattiq qarshilik ko’rsatgan. Pekin, arablar ko’p o’tmay Chochni bosib olganlar va talon-toroj qilib katta o’lja bilan qaytganlar. Arab istilochilari tomonidan vayron etilgan shahar o’zini o’nglay olmadi. Faqat 9-asrga kelib, avvalgi o’rnidan 4— 5 kilometr shimoli g’arbroqda, Bo’zsuv kanalidan chiqarilgan Kaykovus (Kolkohdiz) arig’i yonida yangitdan vujudga keddi va yana Chochning poytaxtiga aylanib, jadal taraqqiy eta boshladi. Bu yangi shahar Arab manbalarida Binkat (uzoqdan ko’rinib turuvchi yoki quyi shahar) deb tilga olinadi. Bu nom 9— 10-asrlarda zarb etilgan kumush va chaqa tangalarda Shosh va Madinat ashshosh nomlari bilan bir katorda uchraydi. Bu shaharda ham hunarmandchilik va savdo-sotiq tez rivoj topdi. Arablar dashtlik chorvador kabilalar hujumidan hosildor erlarni muhofaza qilish maqsadida 8-asrning 70-yillarida Chirchiq vohasining shimoli g’arbiy chegaralari bo’ylab Soyliq qishlog’i yonidagi tog’lardan to Sirdaryogacha devor qurdirganlar. Uning xarobalari Kanpirdevor nomida saqlanib qolgan. 9-10-asrlarda Shosh Somoniylarta tobe bo’lgan. Yozma manbalar va arxeologik tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, Binkat shahrining keyingi asrlardagi o’rni Toshkentning to’rt dahasida, asosan, uchtasi — Sebzor, Ko’kcha, Beshyog’och hududida joylashgan bo’lib, u alohida qalin devorlar bilan o’rab olingan 4 qism: Ark (O’rda), Shahriston (shaharning asosiy qismi) hamda ichki (rabodi doxil) va tashqi (rabodi xorij) rabodlardan iborat bo’lgan va bir necha qator mudofaa devori bilan o’ralgan. Shu davrdagi Ark (maydoni 3 gektar) va Shahriston (maydoni 15 gektarcha) shahar markazida hozirgi Shayxontohur tumani hududidagi eski jo’va bozori va undan Sharqdagi katta tepaliqda joylashgan. Qal’ada hukmdor saroyi va zindon bo’lgan. Saroyning bir darvoza (qopqa)sidan shahristonga, boshqasidan shaharning ichki rabodiga chiqilgan. Shahar markazida bozor bo’lgan, u «Jo’ba» deb yuritilgan. Markaz bilan shahar darvozalari ko’chalar orqali bog’langan. Bir va ikki qavatli paxsa yoki sinchkori devorli hovlili qilib turar joylar qurilgan. Ichki va tashqi rabod devorlari oralig’i 4 kilometr bo’lgan. Shaharda kulolchilik, o’qyoy, gazlama, gilam, chodir hamda charm mahsulotlari ishlab chiqarish. rivojlangan. 10-a.sr oxiri — 12-asr o’rtalarida Choch Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirdi. 1214-15 yillarda Muhammad Xorazmshoh qoraxitoylar qo’shini hamda naymanlar xoni kuchluq bilan jang qilib, Shosh viloyatini ulardan tortib oddi va viloyat dushmanlar qo’liga o’tmasligi uchun Shosh markazi aholisini ko’chirtirib yubordi. Shu bois mo’g’ullar 1220 yilda shaharni qarshiliksiz qo’lga kiritgan bo’lishi mumkin. Juvayniyning mo’g’ullar bosqini haqidagi xabarida Toshkent shahri tilga olinmagan. 13-14-asrning 1-yarmida Toshkent viloyati Chig’atoy ulusi tarkibida, 14-asrning 2-yarmi — 15-asrning 80-yillarigacha Toshkent Amir Temur va Temuriylar tarkibida bo’ldi. 1404 yilda Ulug’bek ixtiyoriga mulk tarzida berildi. Bu davrda shahar voha bilan dasht chegarasidagi kuchli qal’aga aylandi, uning hududi kengaydi, ishlab chiqarish, savdo-sotiq, madaniyat rivojlandi. Registon, Shayxontohur ansamblidagi maqbaralar, jome masjidi va boshqalar qurildi. Arxeologik topilmalar, me’moriy obidalar mahalliy an’analarning qo’shni Sharq mamlakatlari madaniyati bilan uyg’unlashib ketganligini ko’rsatadi. Temuriylar o’rtasida boshlangan taxt uchun kurash natijasida Toshkent 1485 yilda Mo’g’uliston xoni Yunusxon ixtiyoriga o’tdi va uning qarorgohiga aylandi. Lekin, u ko’p hukmronlik qilmay, 1487 yilda Toshkentda vafot etdi. Yunusxondan keyin taxtga uning o’g’li Sulton Maxmudxon o’tirdi. Uning hukmronligi ham ko’pga bormadi. Toshkent 1503 yilda Shayboniyxon va Ko’chkunchixon tasarrufiga o’tdi. 16-asrda Toshkent yana obodonlashib, Turkistonning hunarmandlik, savdosotiq va madaniy markazlaridan biriga aylandi. Shahar yangi devor bilan o’raldi. Me’morlik obidalari qad ko’tardi, ularning ayrimlari (Shayx Xovandi Tohur maqbarasi, Ko’kaldosh madrasasi, Baroqxon madrasasi) bizning davrimizgacha yetib kelgan. Hunarmandlikning taraqqiyoti savdosotiq aloqalarining kengayishiga olib keldi. 1558 yilda Toshkent qirg’izqaysoqlar qamaliga bardosh berdi. 16-asrning 2-yarmida Qozon va Astraxon xonliklarining rus davlatiga bo’ysundirilishi natijasida Toshkent bilan Moskva o’rtasida savdo aloqasi rivojlandi, har ikki tomon bir-biriga elchilar yubordi. 1579 yilda Toshkentni Buxoro xoni Abdullaxon II bosib oldi. 1588 yilda shahar aholisi Abdullaxon II ning noibi, Toshkent viloyatining hokimi O’zbekka qarshi isyon ko’targan. Lekin, ko’p o’tmay isyon bostirildi. 1597 yilda shaharni Tavakkalxon (1598 yil vafot etgan) bosib oldi. Oz fursat o’tmay Toshkent yana Buxoro xonligiga o’tdi. Ashtarxoniylardan Imomqulixon qozoqlarni tor-mor keltirib, 1611 yilda o’g’li Iskandarni Toshkentga noib qilib tayinladi. Biroq shahar aholisi isyon ko’tarib, qochib ketayotgan Iskandarni tutib o’ldirdi. Bundan g’azablangan Imomqulixon Toshkent aholisidan shafqatsiz o’ch olib, ularni qirg’in (qatliom) qildi. 1723 yilda Toshkent Jung’ar xoni Galdantsiren qo’liga o’tdi. Bu davrda Toshkent aholisi tokchilik, bog’dorchilik hamda poliz ekinlari, bug’doy, tariq, arpa, suli, zig’ir, kunjut etishtirish bilan shug’ullanardi. Shahar rastalarida ipak mato, ip gazlama, zarbof kiyimlar ko’p bo’lgan. Rus savdogarlari Toshkentga movut, Qunduz terisi va turli bo’yoqlar keltirishgan. Toshkent bilan Balx, Xiva, Buxoro, Samarqand, Ko’lob, Shahrisabz va boshqa shaharlar o’rtasida savdo-sotiq rivojlangan. Pul muomalasi bu davrda ham hali yaxshi taraqqiy qilmagan edi. Toshkent aholisiga don va qoramol bilan to’lanadigan maxsus soliq (hosilning 1/101/5 ulushi) solingan. Toshkent Jung’ariya xonligi barham topgandan keyin (1758) Katta O’rda va qalmoqlarning hujumlari natijasida ko’p zarar ko’rdi. 18-asr o’rtalarida garchi shahar qo’ldan-qo’lga o’tib turgan bo’lsada, Toshkent 4 daha (qism)ga — Shapxonshohur, Sebzor (Qaffoli Shoshiy), Ko’kcha (Shayx Zayniddin), Beshyog’och (Zangiota) dahalariga bo’linib, ularning har birini mustaqil hokim boshqargan. Toshkent tarixida bu davr Chorhokimlik deb atalgan. Shaharni boshqarish bo’yicha barcha ma’muriy lavozimlarga Toshkentning boy savdogar va aslzodalari tomonidan ko’rsatilgan shaxslar tayinlangan. Hokimlar tashqi bosqinlarga qarshi kurashish uchun navbat bilan qo’shin ajratganlar. Muhim masalalar ham birgalikda hal qilingan. Hokimliklar o’rtasida shaharda hukmron bo’lish uchun ba’zan to’qnashuvlar bo’lib turgan. Bunday to’qnashuvlar sababli yuzaga kelgan notinchlik davri deyarli chorak asr davom etgan. Ayrim vaktlarda butun shahar hududi jang maydoniga aylangan. Lekin, 4 daha hokimlarining o’zaro to’qnashuvlari asosan, shaharning Janggoh, Labzak arig’i bo’yida («Jangob») bo’lgan. O’zaro to’qnashuvlarga shahar aholisi ham jalb etilgan. Faqat Eski jo’va bozori betaraf joy hisoblanib, notinchlik vaqtida ham savdo-sotiq davom etgan. Chorhokimlik davrida Toshkent aholisi atrofdagi shahar va qishloqlar, Dashti Qipchoqning chorvador aholisi hamda Sibir bilan savdo aloqalarini uzmagan. Rossiya bilan savdo-sotiqni rivojlantirish maqsadida 1779 yilda Toshkentdan Tobolsk shahriga elchilik missiyasi jo’natilgan. Biroq, bu davrda Toshkentdagi ichki ziddiyatlar va notinchliklardan foydalangan ko’chmanchilar shaharga bir necha marta hujum qildilar. Natijada shahar atrofidagi bog’lar, dehqonchilik dalalari payhon qilindi. Umuman olganda chorhokimlik davri Toshkent hayoti xo’jaligining tushkunlik davri bo’ldi. Shu bois savdo-hunarmandchilik axlining ilg’or fikrli vakillari o’rtasida shaharni yagona hokim qo’l ostida birlashtirish g’oyalari vujudga keldi. Shu davrda shahar yaxlit tashqi devor bilan o’ralgan va uning uzunligi 14 kilometr, darvozalar soni 12 ta edi. 1784 y. Shayxontohur dahasi hokimi Yunusxo’ja qolgan 3 daha hokimligini ham o’z tasarrufiga olib, mustaqil Toshkent davlatini tashkil etdi. Bir necha harbiy yurishlardan keyin u katta O’rdadan Toshkent atrofidagi qishloqlarni qaytarib olishga, Toshkent aholisiga tinchlik bermayotgan ko’chmanchi juz qabilalarini bo’ysundirishga muvaffaq bo’ldi. 1799 yilda Qo’qon qo’shinlari Toshkentni qamal qildi, ammo toshkentliklarning kuchli zarbasiga uchrab orqaga qaytdi. Toshkent davlati tashqi kuchlar, ayniqsa, Qo’qon xonlari tazyiqida bo’lsada, 20 yildan ziyod umr ko’rdi. Toshkent davlati markazlashgan davlat sifatida bo’lib, uning ma’muriyatini «voliy viloyat» lavozimi bilan Yunusxo’ja boshqardi. Keyinroq Yunusxo’ja «Xazrati Eshon» unvonini olib, ayni paytda «xon» deb ham yuritildi. Yunusxo’ja huzurida tuzilgan «xon kengashi»ga 4 daha mingboshilari, oqsoqollari va boshqalar kiritilgan. Kengashda, asosan, daha va ulus boshqaruvi hamda harbiy masalalar muhokama etilib bir yechimga kelingan. Davlatning ichki va tashqi siyosatini devonbegi, qozi va raislar amalga oshirganlar. O’ta jiddiy masalalar: o’g’irlik, qotillik va boshqalarni Yunusxo’janing o’zi hal etib, aybdorga tegishli jazo berilgan; qotillarga esa o’lim jazosi qo’llanilgan. Xorijiy davlatlar bilan diplomatik aloqalarni ham Yunusxo’janing o’zi olib borgan. Anhorning o’ng tarafida xon farmoni bilan baland va qalin devor o’ralgan O’rda, ya’ni davlat Mahkamasi bino qilingan. Unda Yunusxonning qarorgohi va devonxonadan tashqari zarbxona joylashgan. O’rdani qo’riqlash va muhofaza etish uchun 2 ming kishilik maxsus harbiy qism («qoraqozon») tashkil etilgan. Toshkentlik tarixchi Muhammad Solihning ma’lumotiga ko’ra, otaliq — devonbegi lavozimiga Rustamto’ra, parvonachi lavozimiga Odilto’ra, bosh harbiy Amir lavozimiga Sarimsoqto’ra, qo’shin boshlig’i lavozimiga Boboxonto’ralar tayinlangan. Davlatning moliya ishlari bilan boshchixo’ja shug’ullangan. U ichki va tashqi savdo ishlarini nazorat qilgan. Yunusxon shimolda Toshkentga tutashgan Dashti Qipchoq hududini ham tasarrufiga olib, aholisiga ziddiyatli vaqtlarda zaruriy sondagi lashkar to’plab berish majburiyatini yuklagan. Chimkent va Sayram shaharlari, keyinchalik Turkiston shahri ham Toshkent davlati tarkibiga kiritilgan. Niyozbek, Oltintepa, Qorabuloq, Sarapon, temir mavzelari va boshqa o’nlab qishloqlar Toshkentga tobe bo’lgan. 1800 yilda Toshkent davlatining chegarasi Janub va g’arbdan Sirdaryo bo’ylab, shimoldan Turkiston va Qoratog’yon bag’irlari orqali o’tgan. Sharqda Sayram tizmasi va Ugom daryosining o’ng sohili, Jan.sharkda Chatqol Qurama tog’ tizmalarini yoqalab Sangir qishlog’igacha cho’zilgan. Uning shimol va g’arbiy hududlarida, asosan, chorvador ko’chmanchi aholi yashagan. 1797 yil ma’lumotlariga qaraganda, barcha soliq va majburiyatlardan ozod, yer va suv bilan ta’minlangan 2 ming doimiy qoraqozondan tashqari Yunusxon ixtiyorida 50-70 ming atrofida lashkar bo’lgan. Maxsus guruhlardan tuzilgan qoraqozon va lashkar navkarlari piltali miltiq, o’qyoy, qilich va qalqon bilan qurollangan. Yunusxon qo’shinida 20 ga yaqin to’p bo’lgan. O’klar asosan, Toshkentning o’zida O’qchi mahallasida quyilgan. Toshkentning ikki ming yillik tarixi davomida o’rni almashdi, hududi ham kengayib bordi va undagi aholi joylashuvi kichik ma’muriy qismlar — mahallalar shaklini olgan. Mahallalar, odatda, kata-kichik ko’chalar, ariq yoki jarlik kabi tabiiy to’siqlar orqali chegaralangan hamda jamoa bo’lib yashash zaruriyati yoki kasbkori, ijtimoiy holati, etnik tarkibi kabi belgilari asosida shakllangan. Qadimgi va o’rta asr Toshkent mahallalari haqida yozma ma’lumot juda oz. Toshkent hududida 9-asr dagi shahar — Binkat (11-asrdan Toshkent) ning keyingi asrlarda kengayib borishi bilan unda mahallalar soni ham ko’payib borgan va bulardan ba’zilarining nomlari yozma manbalarda uchraydi. 18-a.srga kelib Toshkent ma’muriy hududiy jixatdan 4 qism — dahalariga bo’lingan. Dahalar o’z navbatida bir qancha mahalla va guzarlardan tashkil topgan; dahalarda mahallalar soni va ularning katta-kichikligi turlicha bo’lgan. Ba’zi yirik mahallalar bir nom bilan atalsa ham uning keyinroq paydo bo’lgan qismlari tartib raqami bilan (masalan, 1, 2, 3, 4 eshonguzar) yoki hududiga qarab atalgan (masalan, Katta Kamolon va kichik Kamolon). Aholi soni o’sgan sayin mahallalar kengaygan yoki yangilari paydo bo’lgan. Mahalla ma’muriy holati jihatdan o’z ichki tartib-qoidalariga ega jamoa tashkiloti sanalgan va uni mahalla aholisi tomonidan saylangan boshliq (oqsoqol) boshqargan, 20-asr boshlariga kelib ular yuzboshi mavqeida ko’rilgan. Oqsoqollarga mahallaning jamoat ishlari, marosimlari, yig’inlarini boshqarish hamda manfaatlarini himoya qilish vakolati berilgan. 19-asrning 2-yarmiga oid yozma manbalarda Toshkent mahallalari haqida statistik ma’lumotlar mavjud. Ularda qayd etilishicha, bir mahallada 50 tadan 150 tagacha xonadon bo’lgan. 1910 yil Toshkentda 146 ming aholi yashagan, xonadonlar soni 21 mingga yetgan. Shahar markazidagi mahallalar chekkalaridagiga nisbatan qadimgi bo’lib, aholi ham zich yashagan. Ba’zi mahallalarning nomlari o’sha joyda rivojlangan kasb-hunarni anglatgan (pichoqchilik, Degrez, etikdo’z); boshqalari etnik atamalar (O’zbekmahalla, Tojikko’cha, Mo’g’ulko’cha) yoki joyning relefi (Sassiqhovuz, Chuqurko’prik, Balandmasjid va hokazolar) orqali ifodalangan. Mahallalarning masjidi va choyxonasi uning gavjumroq erida joylashgan, aholining turli ma’rakalari uchun zarur umumiy mulki saqlangan. Bir nechta mahallaga bir umumiy markaz — guzar, unda masjid, hunarmandchilik ustaxonalari, choyxona, nonvoyxona, do’konlar hamda bozorcha xizmat ko’rsatgan. Guzarlar, odatda, katta ko’chalar yoki chorrahalarda joylashgan. Toshkent mahallalari haqida aniqroq yozma ma’lumotlar dahalardagi qozilik daftarlarida, 19-asrning 2-yarmida esa ruscha nashrlarda qayd etilgan. Shunga ko’ra, 1865 yil Toshkentda 140 ta mahalla bo’lgan, aholisi 76 ming kishi. Turkiston o’lkasi statistikasi yilnomasida (1876) Toshkentda 149 ta mahalla (Shayxontohur dahasida 48 ta, Sebzor dahasida 38 ta, Ko’kcha dahasida 31 ta, Beshyog’och dahasida 32 ta) bo’lganligi ta’kidlangan. N. G. Malliskiy 1927 yil nashr etgan ro’yxatda esa Toshkentda 280 ta mahalla va shahar aholisiga tegishli 171 ta mavze nomi bor. Mavzelar, odatda, shaharliklarning shahar tashqarisida joylashgan ekinzorlari va bog’laridan iborat bo’lgan; sho’rolar davrida mavzelar davlat tomonidan musodara qilinib jamoa xo’jaligiga aylantirilgan. Toshkentning eng gavjum qismi, uning bozorlari hisoblangan. Eski jo’va, Chorsu va Ko’kaldosh madrasasi oralig’ida Registon, Chorsu va kappon (g’alla) bozorlari joylashgan. Registon bozorida xonliklarda ishlab chiqarilgan mollar bilan bir qatorda Hindiston, Afg’oniston, Eron, Koshg’ar, Xitoy va Rossiyadan keltirilgan mollar ham sotilgan. Toshkentdan savdo karvonlari dasht orqali Sibir shaharlari, Koshg’ar, Xitoy, Hindiston, Afg’oniston va Eron tomon qatnagan. Toshkent davlati tashqi va ichki savdoni rivojlantirish maqsadida old tomonida «Muhammad Yunusxo’ja Umariy» deb yozilgan, sirtiga Lochin yoki yo’lbars tasvirlari tushirilgan o’z tangalarini zarb etib, mustaqil ichki va tashki siyosat yuritgan. Yunusxo’ja, ayniqsa, Rossiya bilan muttasil savdo aloqalari olib borish va uni kengaytirishga intilgan. 1792 yil Yunusxo’ja rus podshosiga xat yuborib unga katta juz biylari bilan ittifoq tuzganligini, Toshkentdan Rossiyaga eltadigan karvon yo’llaridagi talonchiliklar tuxgatilganligani xabar qiladi. 1802 yilning kuzida Yunusxo’ja vaziri A’zam Mullajon Oxund Mahzum bilan Ashurali Bahodir mingboshini SanktPeterburgga elchi kilib yuboradi. Elchilikdan maqsad, faqat savdo aloqalarini kengaytirishgina emas, balki Rossiyadan qurol-yarog’, cho’yan va mis rudalarini sotib olib, o’z harbiy kuchini mustahkamlash hamda Rossiyadan tup kuyuvchi usta va konchilarni Toshkentga taklif etib, bu yerda to’pchilik hunarmandchiligini rivojlantirish va konlarni ishga solish ham ko’zda tutilgan edi. 1803 yil mart oyida Toshkent elchilari imperator Aleksandr I va davlat kantsleri hamda tashki ishlar vaziri graf A. Voronsov qabulida bo’ldilar. Toshkentning qal’a devori 19-asr boshlarida Yunusxon farmoni bilan daqalar mahallalarining barcha erkaklari ommaviy xasharga jalb qilinib ta’mirlandi. Lashkar Qushbegi davrida shahar atrofi bo’ylab qo’ymas, Qo’qon, Qashqar, Labzak, Taxtapul, Qorasaroy, Sag’bon, Chigatoy, Ko’kcha, Samarqand, Kamolon va Beshyog’och kabi 12 darvoza bor edi. Muhammad Solihning yozishicha, devor bo’ylab har ming qadamda bittadan «bord» (mo’la), har 4 ming qadamda esa bittadan burj (minora)lar qurilgan. Shaharning Sharqiy darvozasidan to g’arbiy darvozasigacha 8500 qadam, shimoldan Janubga esa 8100 qadam masofa hisoblangan. Har bir darvozadan shahar markazi — Registon bozoriga eltuvchi ko’chalar va ulardan esa ko’plab tor ko’chalar shoxlab ketgan. Yunusxo’ja vafot etgach (1803), uning o’g’li Sultonxo’ja Toshkent hokimi bo’ldi. Yunusxo’janing o’limidan foydalangan Qo’qon xoni Olimxon o’z ukasi Umarxon qo’mondonligida qo’shin tortib, Toshkentni egalladi va unga Sultonxo’janing ukasi Hamidxo’jani hokim qilib tayinladi. Hamidxo’ja Qo’qonga bo’ysunmay qo’ydi. Natijada Olimxon shaxsan o’zi qo’shin tortib, Toshkentni Qo’qon xonligiga uzilkesil qo’shib oldi. Shundan boshlab, Toshkentga noib sifatida faqat Qo’qon xoni tomonidan Beklarbegi tayinlanadigan bo’ddi. Bu davrda shaharning hududi 16 kilometr kvadratni, aholisi 80 ming (ba’zi manbalarda 100 ming) kishini tashkil etardi. Shaharda hunarmandchilik, to’qimachilik, yog’och o’ymakorligi, degrezlik, temirchilik, ko’nchilik, kosibchilik, kulolchilik va boshqalar rivojlangan. Ko’plab nonvoyxonalar, choyxonalar, do’konlar bo’lgan. Shahar hunarmandchiligining deyarli barcha sohalari mahalliy xom ashyo hisobiga ishlardi. Ko’pchilik mahalla aholisi qishda biror kasb-hunar bilan shug’ullanib, yozda shahar tashqarisidagi yer (mavze)larida dehqonchilik va bog’dorchilik qilgan. 19-asr o’rtalarida Rossiya podsho hukumati yirik strategik mavqega ega bo’lgan Toshkentni bosib olish maqsadida harbiy yurish boshladi. Bu vaqtda Toshkent va Toshkent viloyati Qo’qon xonligi tarkibida edi. 1864 yil 1 oktabrda M. G. Chernyaev boshchiligidagi rus qo’shinlari Chimkent yo’lidan kelib Oqqo’rg’on tepaligiga o’rnashdilar va shaharni qamal qilib to’plardan o’qqa tutdilar. Toshkentliklar shaharni qattiq turib himoya qildilar. Qo’qondan xonlik lashkarboshisi Mulla Alimqul mingboshi ko’p ming kishilik qo’shin bilan Toshkentga yetib kelgach, Chernyaev qo’shinlari bilan Chimkentga chekinishga majbur bo’ldi. Biroq 1865 yil 27 apr.elda Chernyaev qariyb 2000 kishilik qo’shin bilan yana Toshkent tomon yo’lga chiqib, Chirchiqdaryosi bo’yidagi Niyozbek qal’asini egallaydi va shaharni suvsiz qoldirish maqsadida Kaykovus arig’i (Bo’zsuv kanali) suv oladigan to’g’onni buzdirib tashlaydi. Lashkarboshi Alimqul ham o’z qo’shinlari bilan Qo’qondan Toshkentga yetib keladi. Sulton Saidxon, Alimqul va toshkentlik akobirulamolar boshchiligida shaharni himoya qilishga katta tayyorgarlik ko’riladi. Chernyaev 7 mayda qo’shinlari bilan Toshkentga yaqinlashadi. Dushman qo’shinlari Salor arig’ini kechib o’tib, Tarxonsayyod (hozirgi Darxonota) arig’ining o’ng sohili (hozirgi Pushkin ko’chasi)da muqobil turgan Toshkent himoyachilariga qarata to’pdan o’t ochadilar. 9 may kuni shaharning shimoli sharqidagi Sho’rtepada Toshkent himoyachilari bilan rus bosqinchilari o’rtasida yana qattiq jang bo’ladi. Jangda Alimqul og’ir yarador bo’lgach, himoyachilar o’rtasida parokandalik va vahima boshlanadi. Qo’qon xonligi askarlari Alimqul xazinasini olib o’z yurtlariga jo’nab ketdilar. Toshkentda Qo’qon xonligining 60 yillik hukmronligi barham topdi. Buxoro amirligi, Qo’qon va Xiva xonliklari Toshkent himoyachilarining yordam so’rab qilgan murojaatlariga rad javobini berdilar. Chernyaev fursatni boy bermaslik uchun Toshkentni qamal qildi. Shahar aholisi suvsiz qoldi, oziq-ovqat zaxirasi ham tugadi. 14 iyunda dushman askarlari shaharga bostirib kirishga muvaffaq bo’ldi, ular do’kon va uylarga o’t qo’ydilar. Shahar mudofaasida faol qatnashgan toshkentlik tarixchi Muhammad Solih «jadidai tarixi Toshkand» asarida yozishicha, toshkentliklar dushmanga qattiq qarshilik ko’rsatganlar. Bosqinchilar birinchi galda O’rda saroyini yondirdilar, keyin portlatdilar. Uch kun davom etgan mislsiz jangdan so’ng 42 kun suvsiz qolgan va ochlikdan tinkasi qurigan Toshkent himoyachilari 17 iyunda ertalab taslim bo’lishga majbur bo’ldilar. Chernyaev shahar ayonlaridan Toshkentning 12 darvozasi ramziy oltin kalitlarini topshirishni talab qildi. Juda ko’p odam qurbon bo’ldi. Chernyaev buyrug’i bilan uylar yondirildi, egalari otib tashlandi yoki miltiq nayzasi bilan sanchib o’ldirildi. Hech kimga shafqat qilinmadi. Shunday qilib, podsho Rossiyasi qo’shinlari maxsus otryadi bilan Toshkentni bosib olishga muvaffaq bo’ldi. Toshkent va unga qarashli atrof yerlarda rus davlatining hukmronligi o’rnatildi. Toshkent Rossiyaning keyinroq Turkiston xonliklarini bosib olishi uchun tayanch punktiga aylantirildi. Chernyaev, o’z bosqinchiligini oqlash uchun Toshkent go’yo ixtiyoriy ravishda Rossiya tobeligiga o’tganligi haqida shahar ayonlari nomidan qalbaki hujjat tayyorladi. Bu hujjatni imzolashdan bosh tortgan Solhbek Oxund va yana ayonlardan 6 kishi Sibirning Tomsk shahriga surgun qilindi. 1865 yil sentabrda Orenburg general-gubernatori Krijanovskiy Toshkentga kelib shaharni Rossiya imperiyasi tasarrufiga o’tganligini e’lon qildi. 1866 yil avgustda Rossiya imperiyasining Toshkentni Rossiya tobeligiga olinganligi haqida rasmiy farmoni e’lon qilindi. Toshkent 1867 yilda tashkil etilgan Turkiston general-gubernatorligining siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi bo’lib qoldi. Anhorning chap sohilida mustamlakachi ma’murlar va harbiylar uchun yangi shahar qurila boshladi. 1865 yil avgust— oktabr oylarida ruslar Toshkentning Qo’ymas darvozasi ro’parasidagi tepalikda Toshkent Tuproqqo’rg’oni harbiy qal’asini barpo etishdi. Yangi shahar hududida ma’muriy idora va mahkamalar joylashdi. Anhorning o’ng sohilidagi qadimgi Toshkent Eski shahar deb atala boshladi. Toshkentning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi butun Turkistonni bosib olinishini tezlashtirdi. 1892 yilda toshkentliklar mustamlaka zulmiga qarshi ko’zgolon ko’tardilar. 1899 yil Zakaspiy temir yo’l Toshkentgacha uzaytirildi. 1906 yil esa Toshkentni Rossiya markazi bilan bog’lovchi eng yaqin yo’l Orenburg — Toshkent temir yo’l qurildi. Toshkent asosiy temir yo’l tuguni, savdo va tranzit punktiga, Turkiston o’lkasining ma’muriy-siyosiy markaziga aylandi. Shaharda yangi sanoat korxonalari hamda savdo muassasalari vujudga keldi. Aholisi ham, asosan, yevropaliklar hisobiga tez o’sib bordi. 1913 yilda Toshkentda 111 sanoat korxonasi, jumladan, 15 paxta tozalash zavodi, 3,5 mingdan ortiq hunarmandchilik ustaxonasi, 22 rus va chet el savdo firmalarining bo’limlari, 186 ta katta-kichik do’kon bo’lgan. Toshkent aholisi, asosan, hunarmandchilik, dehqonchilik, bog’dorchilik va savdo-sotiq bilan shug’ullangan. Toshkentning yangi shahar qismida yevropaliklar qurgan sanoat va transport korxonalari (paxta tozalash, yog’-moy, vino-araq, g’isht, pilla va boshqa korxonalar, temir yo’l, tramvay va boshqalar) da mahalliy aholi vakillari ham ishlay boshladi. Toshkentdagi Bosh temir yo’l ustaxonasining 800 ishchisidan 120 tasi mahalliy millat vakili bo’lgan. Tramvay transporti va elektrenergetika korxonalarida 1000 dan ziyod ishchi ishlagan. 20-asr boshlarida Toshkentda 280 ga yaqin mahalla, 170 mavze bo’lgan. 1916 yil iyulda Toshkent mehnatkashlari oq podshoning mardikorlikka olish haqidagi farmoniga qarshi qo’zg’olon ko’tardi. Rossiyada oktyabr to’ntarishi haqidagi xabar Toshkentga yetib kelgach, bolsheviklar va so’l eserlar hokimiyatni zo’ravonlik yo’li bilan egallash uchun kurashdilar. 1917 yil 28 oktabrda Bosh temir yo’l ustaxonasining mahalliy millatga mansub bo’lmagan ishchilari hamda askarlar qo’zg’olon boshladilar. Ular temir yo’l deposi, tovar omborlari, 1-Sibir polki kazarmalarini ishg’ol qildilar. Shahar markazi qo’zg’olonchilar qo’liga o’tdi. 1 (14) noyabrda Tuproqqo’rg’on ham ishg’ol qilingach, Toshkentda sho’rolar hokimiyati o’rnatildi. Shu tariqa Toshkentda Rossiyadan badarg’a qilingan bolsheviklar 1917 yil 1 noyabrda temir yo’l masterovoylari yordamida to’ntarish o’tkazib hokimiyatni egalladilar. 1918 yil 30 apreldan Toshkent Turkiston ASSRning poytaxti deb e’lon qilindi. 1924 yilda O’zbekiston poytaxti Samarqandga ko’chirildi. 1930 yildan Toshkent yana poytaxt bo’ldi. Sovet hukumati yillarida Toshkent mahallalari boshlang’ich ma’muriy birlik shaklida saqlanib qoldi, biroq ularning vazifalari ko’p tomondan cheklab qo’yildi. 2-jahon urushigacha bo’lgan davrda Toshkentda bir qancha sanoat korxonasi — tikuvchilik, tamaki, poyabzal fkalari, to’qimachilik kombinati, metallsozlik, mashinasozlik zavodlari va boshqalar qurildi. Bo’zsuv, Qodiriya, Bo’rijar GESlari bunyod qilindi. 2-jahon urushi yillarida Toshkent sanoati butunlay frontga xizmat qildirildi. Sanoat 1943 yilda 1940 yildagiga nisbatan 3 barobar ko’p mahsulot berdi. Urush yillarida nemislar okkupatsiya qilgan viloyatlardan evakuatsiya qilingan 300 ming kishi, shu jumladan, 200 mingga yaqin bola Toshkentga joylashtirildi. 1930-40 yillarda Toshkentda asosan, qishloq xo’jaligini texnika bilan ta’minlashga qaratilgan og’ir sanoat tarmoqlari tez sur’atlar bilan rivojlantirildi. Yirik sanoat korxonalari — «Uzbekqishloqmash», ekskavator zavodi, «Toshtekstilmash», «Toshpaxtamash», «Toshkentkabel», yog’-moy kombinati, karborund zavodi, mashinasozlik, elektr lampa va elektr mexanika zavodlari, yirik panelli uysozlik kombinati va boshqalar qurildi. 1966 yil 26 aprelda Toshkentda yuz bergan zilzila natijasida shahar jiddiy shikastlandi. Zilzila oqibatlari qisqa muddat (3,5 yil)da tugatildi. Shahar qiyofasi butunlay o’zgardi. Toshkent hududi atrofga bog’va ekinzorlar hisobiga tez o’sdi, ko’plab turar joy massivlari, jamoat binolari, metropoliten qurildi. 1983 yilda shaharning 2000 yillik to’yi o’tkazildi. 1991 yil 31 avgustda Toshkentda O’zbekiston mustaqilligi e’lon qilindi. Hozirgi Toshkent O’zbekiston Respublikasining siyosiy markazi hamdir. Bu yerda O’zbekiston Prezidentining qarorgohi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, ijtimoiy harakat va partiyalarning va boshqa jamoat tashkilotlarining markazlari, chet el elchixonalari, BMT ga qarashli tashkilotlar vakolatxonalari joylashgan. Toshkent chet ellardagi birodarlashgan shaharlar bilan do’stona aloqalarni rivojlantirishga salmoqli hissa qo’shmoqda, Toshkent bir qancha xorijiy shaharlar bilan birodarlashgan. Toshkentning eng muhim xususiyatlari shahar gerbi (ramzi) da aks etgan. U uzoq tarixga ega. Ilk o’rta asrlardayoq Toshkentning o’ziga xos ramzi yuzaga kelgan. 8-asrda Choch (Shosh) sh.ning nishoni qoplon (tog’ barsi) bo’lgan. Buni 8-asr birinchi yarmida hukmdorlik qilgan yabg’u tarnovcha nomi bilan zarb qilingan tangalarning old tomonida qoplon, orqasida esa qang’arlarning ayri tamg’ali va Sug’d yozuvida «tarnovcha» deb bitilgan muhri tasvirida ko’rish mumkin. Toshkent hukmdorlari ko’pincha o’z valiaxdlariga ham tog’ning eng kuchli va epchil jonzodiga qiyosan Elbarsxon, Belbarsxon kabi ism qo’yganlar. Toshkentning O’zbekiston mustaqilligi davridagi gerbi 1996 yilda tasdiqlangan, 2003 yilda gerb tasviriga qisman o’zgartirishlar kiritilgan. Toshkentda jahon mamlakatlari, BMT tashkilotlari va Markaziy Osiyo davlatlarining turli muhim mavzulardagi seminar, simpozium va qurultoylari o’tkazib turiladi. 1998 yilda YUNESKO tashkiloti Ijroiya Kengashining 155-sessiyasi, 1999 yil 19-20 iyulda Afg’oniston muammosini hal etish bo’yicha 602 guruhining BMT homiyligidagi uchrashuvi bo’lib o’tdi. Unda tarixiy Toshkent deklarasiyasi qabul qilindi. 2000 yil sentabrda YUNESKO homiyligida «dinlararo dialog va dunyo madaniyati» mavzuidagi xalqaro konfess, 2003 yil 14 mayda «Interkontinental» mehmonxonasida «Markaziy Osiyo 20-asrda: hamkorlik, sheriklik va muloqot» mavzuida xalqaro konferentsiya, 2004 yil iyun oyida Shanxay hamkorligi tashkilotining konferentsiyasi o’tkazildi. Toshkentda mustaqillik sharofatidan kelib chiqib ham iqtisodiyot, ham ma’naviyat sohasida tub islohotlar qilina boshladi. Iqtisodiyot sohasida bozor munosabatlariga o’tilishi talablari asosida biznes, ishbilarmonlikni, xorijiy sarmoyalar kiritishni rag’batlantirish, yangi bank-kredit sistemasini barpo etish, mulkni xususiylashtirishga doir bir qancha amaliy tadbirlar ko’rildi. Shaharda xorijiy mamlakatlar ishbilarmonlari bilan hamkorlikda qo’shma korxonalar, firmalar ochish rivoj topa boshladi. Shahar qiyofasiga sharqona tus berilishiga ahamiyat berildi. 1991 yil 1 sentabrda Toshkentdagi Markaziy maydonni Mustaqillik maydoni deb atash haqida O’zbekiston Prezidenti farmoni e’lon qilindi. Ko’chalar, maydonlar, tashkilotlar, tumanlar qayta nomlana boshladi. Shahar markazidagi eng katta xiyobon Amir Temur nomi bilan atalib, Sohibqironga haykal o’rnatildi va Temuriylar davri tarixi davlat muzeyi qurildi. Shaharning olimlar yashaydigan dahasidagi maydonlardan biriga Mirzo Ulug’bekka haykal qo’yildi va hokazolar. Toshkentni obodonlashtirishga katta ahamiyat berilmoqda. Shaharga kerak bo’lmagan, uning tabiiy muhitini buzadigan korxonalar, tashkilotlar yopildi yoki shahardan tashqariga ko’chirildi. Toshkentning eski shag’ar qismida joyning o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olib, asosan, 1995 yildan butun infrastrukturani kompleks rivojlantirishga kirishildi. Mahallalararo aloqalarni saqlab qolib, shaharning tarixan tarkib topgan qismini tubdan ta’mirlash va obodonlashtirish yo’lida katta ishlar qilindi. Jumladan, Eski shaharning Qorasaroy, Sag’bon, Bobojonov, Forobiy ko’chalari kengaytirilib, qayta ochildi. Bu ko’chalarda transport qatnovi yaxshilandi. Farg’ona yo’li, shuningdek, Toshkentni Qozog’iston bilan bog’lovchi Keles ko’prigi va boshqalar qayta qurildi. O’zbekiston davlat konservatoriyasi, Islom unti, «Turkiston» saroyi, Respublika birja markazi, «Tata» («Quality») mehmonxonasi, «Toshkentlend» istirohat bog’i va boshqa inshootlar foydalanishga topshirildi. «Olay», «Eski jo’va», «Farhod», «Beshyog’och», «Mirobod», «Asaka», «Otchopar», «Parkent», «Ko’kcha» bozorlari deyarli qayta qurildi. Toshkent metrosining Yunusobod yo’nalishi ishga tushirildi. Toshkentdagi bir qancha xashamatli binolar, O’zbekiston milliy bog’i, Yapon bog’i, G’afur G’ulom nomidagi bog’, tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, xalqaro biznes markazi, Temuriylar tarixi Davlat muzeyi, «Interkontinental Toshkent», «Le Meridian otel Tashkent Palace», «RadissonSAS Tashkent» mehmonxonalari, «Yunusobod», «JAR», «Golfklub» sport majmualari, eng yuqori xalqaro standartlarga javob beradigan O’zbekiston milliy banki sport majmuasi, shaharning bir qancha joylarida qurilgan ko’priklar va kichik halqa yo’li, «Shahidlar xotirasi» majmui, «Xotira» maydoni, O’zbekiston tasviriy san’ati galereyasi va boshqalar. O’zbekiston poytaxtining taraqqiy qilish bosh rejasining eng ko’zga ko’ringan bosqichlari xolos. Bu o’zgarish va qurilishlarning muallifi va tashabbuskori O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovdir. O’zbekistonda mustaqillik yillarida «fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini qo’llabquvvatlash haqida»gi farmoni (1998) va qonuni (1999), «Obod mahalla yili» dasturi (2003) asosida Toshkent mahallalari o’z huquqiy maqomiga ega bo’ldi. Ularning faoliyat doirasi kengaydi. Mahallalar yuridik shaxs sifatida o’z mulkiga, moliyaviy byudjetiga bankdagi hisob raqami — jamg’armasiga ega bo’ldi, rahbariyat (rais, kotib)ning nufuzi ortdi, vazifalari aniq belgilandi. Mahallalar o’z hududlarida savdo va maishiy xizmatni, sanitariya va ekologik holatlarni yaxshilash, to’lovlar sistemasida ishtirok etib, mahalla va aholi ahvolini yaxshilashga ko’maklashish kabilarda faol qatnashish imkoniga ega bo’ldilar. Shaharda 493 fuqarolarni o’zini o’zi boshqarish organi — fuqarolar yig’ini (mahalla qo’mitasi) ishlaydi. Toshkent — Respublikaning eng yirik sanoat markazi. Mamlakatda ishlab chiqariladigan mahsulotning 30% ga yaqini poytaxt hissasiga to’g’ri keladi. Shahar sanoatida 14 tarmoqqa mansub 300 dan ziyod asosiy korxonalar ishlab turibdi. Sanoat ishlab chiqarish. tarkibida elektr energetikasi, mashinasozlik va samolyotsozlik, metallga ishlov berish, binokorlik materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoati kabi tarmoqlar salmoqli o’rinni egallaydi. Toshkent to’qimachilik kombinatida ip gazlama mahsulotining asosiy qismi ishlab chiqariladi. Aviatsiya ishlab chiqarish. birlashmasi, Toshkent traktor zavodi, «algoritm», «Zenit» ishlab chiqarish birlashmalari, elektronika zavodi, «tong», «Malika», «Yulduz» tikuvchilik fkalari, binokorlik korxonalarining keng tarmog’i ishlab turibdi. Bu korxonalar o’z mahsuloti bilan tashki dunyoga chiqmoqda. Aviatsiya ishlab chiqarish. birlashmasining jahon andozalariga javob beradigan «Il76», «Il114» samolyotlari ishlab chiqarilmoqda. Toshkent korxonalari Germaniya, Syangan, Vengriyaga mis simi, bir qancha mamlakatlarga paxta terish mashinalari, Belgiya, Shveytsariya, Frantsiya, Germaniya, AQSh, Serbiya va Chernogoriyaga paxta tolasi va boshqa mahsulotlarni eksport qiladi. Toshkentda 80 dan ziyod xorijiy mamlakat firma va kompaniyalari bilan birgalikda tashkil etilgan 1423 qo’shma korxona va firmalar faoliyat ko’rsatmoqda (2004). Jumladan, Turkiyaning «Shayxontohur tekstil», «Sag’bontekstil», Jan. Koreyaning «UZOmegaTex», Germaniya va Shveytsariyaning «Xobas TAPO», AQShning «bezak» qo’shma korxonalari Toshkent iqtisodiyotini rivojlantirishga munosib hissa qo’shmoqda. 2003 yil nodavlat sektorida sanoat mahsulotlarining hajmi 88,6% ga etdi. Toshkent O’rta Osiyodagi eng yirik transport chorrahasi, aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Shaharda temir yo’l vokzali, 2 aeroport, avtovokzal, 5 avtostantsiya ishlaydi. Bu yerdan Toshkent — Orenburg — Moskva, Toshkent — Turkmanboshi, Toshkent — Namangan — Andijon va boshqa temir yo’l o’tgan. Toshkent — Yangiyo’l, Toshkent — Xo’jand, Toshkent — Samarqand, Toshkent — Guliston yo’nalishida elektr poyezdlari qatnaydi. Toshkentdan MDH dan tashqari London, Frankfurt Mayn, Telaviv, Jidda, Dehli, Karochi, Istanbul, Bangkok, Pekin, Nyuyork, Amsterdam, Sharja (BAA), Kualalumpur, Tehron, Afina, Syangan shaharlariga muntazam havo yo’llari, Halab, Seul, Osiyo va Yevropaning ko’pgina shaharlariga charter yo’lovchilar tashuvchi reyslar o’tgan. Shahardan bir necha muhim avtomobil yo’li boshlanadi, ularning eng yirigi — katta O’zbekiston trakti. Toshkent halqa avtomobil yo’li mavjud. Shahar yo’lovchilar ichki qatnovi metropoliten, trolleybus, avtobus, tramvay, taksi orqali amalga oshiriladi. 2003/04 o’quv yilida Toshkentda 362 umumiy ta’lim maktabi bo’lib, 378,9 ming o’quvchi, 11 gimnaziyada 17,1 ming o’quvchi, 23 akademik litseyda 9,3 ming o’quvchi, 30 musiqa va 25 sport maktabida 19,2 ming o’quvchi ta’lim oldi. Toshkentda 30 oliy o’quv yurti (jumladan, O’zbekiston milliy universiteti, I va II Toshkent Tibbiyot institutlari, Pedagogika universiteti, Iqtisodiyot universiteti, Islom universiteti, texnika universiteti va boshqalar) bo’lib, ularda 107,8 ming talaba ta’lim oldi (2004). Toshkentda 1998 — 2003 yillarda 47 kasb-hunar kolleji va akademik litseylari binolari ishga tushirildi. Ular zamonaviy dastgoh va texnika bilan jihozlandi. Shaharda 31 kasb-hunar kollejida 29,1 ming o’quvchi o’qiydi. Toshkentda 16 muzey (O’zbekiston davlat san’at, adabiyot, O’zbekiston kino san’ati, O’zbekiston sogliqni saqlash, antiqa va zargarlik buyumlari va boshqa muzeylar) bo’lib, ularda 800 mingga yaqin eksponat qo’yilgan, 166 jamoat kutubxonasi (13,8 million nusxa asar), 9 madaniyat saroyi, 65 madaniyat uyi bor. Toshkentda 13 teatr (O’zbek milliy teatri, Alisher Navoiy nomidagi O’zbek davlat akademik opera va balet katta teatri, Muqimiy nomidagi O’zbek davlat musiqali teatri, Abror Hidoyatov nomidagi yoshlar teatri, Yo’ldosh Oxunboboev nomidagi O’zbek davlat respublika yosh tomoshabinlar  teatri, Toshkent davlat rus akademik drama teatri, qo’g’irchoq teatri, rus davlat respublika yosh tomoshabinlar teatri, operetta teatri va boshqalar) mavjud. Toshkent tsirkida 1940 yildan boshlab mashhur o’zbek dorbozlari — Toshkanboyevlar sulolasi faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Toshkentda 16 madaniyat va istirohat bog’i bor. Shulardan biri Markaziy, 5 tasi bolalar bog’i (shulardan biri shahar bog’i), 10 tasi madaniyat va istirohat bog’i. Ayniqsa, Alisher Navoiy nomidagi milliy bog’, G’afur G’ulom, Furqat, Bobur nomidagi, «bog’i Eram», «Akvapark» bog’lari mashhur. Undan tashqari dendrapark, botanika bog’i, hayvonot bog’i, Gagarin bosh faoliyat ko’rsatadi. Amir Temur xiyoboni va boshqalar bor. Toshkentdagi ziyoratgoh joylardan Shayx Zayniddin, Cho’ponota, Kaffol Shoshiy, Xo’ja Alambardor maqbaralari mavjud. Toshkentda 18,6 ming o’rinli (10 ming kishiga 86,8 o’rin) 99 kasalxona muassasasida 16,5 ming vrach, 25,2 ming o’rta ma’lumotli tibbiy xodim ishlaydi. Shaxarda 115 poliklinika, 594 dorixona faoliyat ko’rsatadi. Respublika ahamiyatidagi shoshilinch tibbiy yordam, urologiya, ko’z mikroxirurgiyasi, kardiologiya, jarroxlik, onkologiya markazlari Toshkentda joylashgan. Toshkentda 5 sanatoriy, 19 ta sanatoriy-profilaktoriy, dam olish uyi bor, shulardan, Chinobod sanatoriysi, tibbiy tiklanish va fizioterapiya ilmiy tadqiqot inti qoshidagi davolash klinikasi va bolalar stasionari va boshqalar faoliyat ko’rsatadi. Toshkent yaqinida Toshkent mineral suvi balneologik kurorti joylashgan. 1994 yilda Toshkentda «Yunusobod» tennis saroyi qurilib, unda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tennis bo’yicha katta xalqaro musobaqalar o’tkazilmoqda. Shaharda Olimpiada o’rinbosarlari bilim yurti, «Paxtakor» sport mashg’ulot birlashmasi, «Qibray» o’quv mashg’ulot markazlari, yengil atletika bo’yicha «Yangiobod» o’quv mashg’ulot bazasi joylashgan. «Yoshlik» sport arenasi, «Paxtakor» Markaziy stadioni va boshqalar xalqaro sport talablariga javob beradigan sport inshootlardir. Shu bois Toshkentda katta xalqaro sport musobaqalari o’tkazib turiladi. 1995 yil sentabrda 1-Markaziy Osiyo o’yinlari, 1998 yil noyabrda «suv pariey» sinxron suzish bo’yicha 1-xalqaro turnir, 1999 yil 7 iyunda «Dinamo» tennis kortida «Tashkent open» xotinqizlar turniri bo’lib o’tdi. O’zbekistonning «Paxtakor» futbol jamoasi o’z stadionida jahon va Osiyoning nufuzli jamoalari bilan uchrashuvlar o’tkazib kelmoqda. Mashhur o’zbek kurashi bo’yicha ham Toshkentda xalqaro musobaqalar bo’lib o’tdi. 2004 yil iyul oyida toshkentlik Rustam Qosimjonovnnng shaxmat bo’yicha jahonning eng kuchli shaxmatchilarini yengib Jahon chempioni unvonini olishi o’zbek shaxmat sportining buyuk g’alabasidir. Toshkentda sport mavzusiga bag’ishlangan bir qancha jurnali va gazetalar chiqadi. Shulardan «Sport», «O’zbekiston futboli» va boshqalarni aytish mumkin. O’zbekistonda sport kadrlarini, asosan, O’zbekiston davlat jismonii tarbiya instituti tayyorlaydi. Institut qoshida 1993 yildan O’zbekiston Olimpiya akademiyasi faoliyat ko’rsatadi. Toshkentda 19 nomda respublika gazetalari, 2 viloyat gazeta («Toshkent haqiqati», «Tashkentskaya Pravda»), 2 shahar gazeta («Toshkent oqshomi», «Vecherniy Tashkent»), 44 ko’p tirajli gazeta nashr etiladi. Respublikada nashr etiladigan 67 nomdagi jurnalning 62 tasi Toshkentda chiqadi. Toshkentda 4 ta informatsion agentlik faoliyat ko’rsatadi. O’zbekistondagi nashriyotlarning asosiy qismi Toshkent shahridadir. O’zbekiston radioeshittirishlarida Toshkent radiosi yetakchi o’rinni egallaydi. Toshkent shahri va viloyat radio tinglovchilari uchun har kuni Toshkent shahar va Toshkent viloyat radioeshittirishi bosh tahririyatida tayyorlangan eshittirishlar beriladi (1971 yildan). Bosh tahririyatda axborot va ijtimoiysiyosiy bo’limlar bor. Toshkent televideniye studiyasining Toshkent shahri va Toshkent viloyati aholisi uchun mo’ljallangan ko’rsatuvlari bosh tahririyati maxsus ko’rsatuv turkumlarini tayyorlaydi. Toshkentdagi tarixiy me’moriy yodgorliklardan: Ko’kaldosh madrasasi (16-asr), Shayx Zayniddin bobo maqbarasi (13— 14-asrlar), Xo’ja Alambardor makbarasi (taxminan 10-asr), Abulqosim Shayx madrasasi (19-asr), Yunusxon maqbarasi (15-asr oxiri), Shayx Xovandi Tohur maqbarasi (15- asr), Qaldirg’ochbiy maqbarasi (15-asrning 1-yarmi) va boshqalar saqlangan. Toshkent shahri tumanlari. Akmal Ikromov tumani — Toshkentdagi ma’muriy-hududiy birlik. 1977 yil Chilonzor va oktyabr (hozirgi Shayxontohur) tumanlarini ixchamlashtirish maqsadida, ular hududida tashkil etilgan. Davlat arbobi Akmal Ikromov nomiga qo’yilgan. 1977 yildan hozirgi chegarasida Janub va Janub sharqdan zargarlik va Qatortol ko’chalari bilan boshlanib, G’arb va shimoli g’arbda avtomobil halqa yo’liga tutashadi. Maydoni 2797 gektar, jumladan, ko’kalamzor yerlari — 1124 gektar. Aholisi 228,3 ming kishi (2004). Ko’chalar soni 424 tani tashkil etib, shundan 8 tasi Markaziy hisoblanadi. Asosiy avtomagistrallari: Lutfiy, Hamroqul Tursunqulov, Farhod, Sulton Segizboyev, Uyg’ur, Nazarbek, Ziyo Sayd, To’qimachi ko’chalari va kichik halqa yo’l. Tumanda 50 ta mahalla mavjud. Tuman hududida quyidagi sanoat korxonalari: zargarlik zavodi, bulkakonditer, sut kombinatlari, «Toshkentsut» aktsiyadorlik jamiyati, «Fonon» zavodi, «OsiyoFud» non mahsulotlari korxonasi, «Chevar» tikuvchilik ishlab chiqarish. birlashmasi, «Gazavtomatika» korxonasi, «Toshinterm» O’zbekiston — Xitoy, «Shayxontohurtekstil» ko’shma korxonalari, Toshkent mexanizatsiya vositalari va jihozlari hamda stanoksozlik tajribaeksperimental mexanika zavodi, to’qimachilik kombinatining 4-yigiruv to’quv fabrikasi, 13 avtotransport va 5 qurilish tashkiloti mavjud. Tumanda Jahon tillari universiteti, Davlat soliq akademiyasi, yuridik kolleji, san’at internat maktabi, 3 ta akademik litsey, 5 kasb-hunar kolleji, 37 umumiy ta’lim maktabi, 53 bolalar bog’chasi va yaslisi, 8 davolash yaslisi, 6 davolash profilaktika muassasasi, 22 poliklinika, 6 oilaviy poliklinika, 5 kasalxona va dispanser bor. Tuman aholisiga 512 oziq-ovqat va 550 sanoat mollari do’koni, 420 maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchasi xizmat qiladi. 2 madaniyat uyi, 8 jamoat kutubxonasi, «Vatan» kinoteatri, Akmal Ikromov nomidagi madaniyat va istirohat bog’i bor. Turar joy fondining umumiy foydali maydoni 3486 ming metr kvadrat (2004). Tumanda qurilish ishlari 1966 yildan boshlangan. Toshkentni rekonstruktsiya qilish va rivojlantirish Bosh planiga muvofiq tumanda katta qurilish ishlari olib borilmoqda; 70, 72 ATS, stomatologiya poliklinikasi, maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, «karvonsaroy bozori», «O’rikzor», «Guliston» turar joy massivlari, bolalar bog’chalari, maktablar qurilib ishga tushirildi. Farhod va Uyg’ur ko’chalari kengaytirildi. Bektemir tumani (1990 yilgacha Narimonov) — Toshkentdagi ma’muriy-hududiy birlik. 1960-81 yillar Bektemir shaharchasi: 1973-90 yillarda shahar, 1981-90 yillarda davlat va jamoat arbobi, yozuvchi Narimon Kerbalay Najaf o’g’li Narimonov (1870-1925) nomi bilan yuritilgan. 1990 yildan Toshkent tarkibidagi Bektemir tumani. Chirchiq daryosining chap sohilida. Bu daryo Bektemir tumanini boshqa tumanlardan ajratib turadi. Maydoni 1,83 ming gektar, shu jumladan ko’kalamzorlashtirilgan hududi 0,012 ming gektar. Aholisi 29,9 ming kishi (2004). Ko’chalar soni 45 ta. Asosiy yirik ko’chalari: Husayn Boyqaro, Ohangaron shohko’chasi, Bektemir. 12 ta mahalla mavjud. Tuman hududida «O’zsmatana», «Agrokeramika», «Mirmaks» qo’shma korxonalari, 17 sanoat korxonasi, shu jumladan, Toshkent motor, «Irgidromash» va boshqa;ar, 9 transport muassasasi, «SredazVNIIgidromash» ilmiy tadqiqot instituti, 5 umumiy ta’lim maktabi, musiqa maktabi, bolalar sport maktabi, 13 bolalar bog’chasi, 16 tibbiyot davolash muassasasi, 4 poliklinika bor. Tumanda 522 yirik hamda kichik o’rta biznes sub’yektlari faoliyat ko’rsatadi, shundan 44 tasi xorijiy investisiyalar ishtirokida tuzilgan korxonalardir. Tuman aholisiga 11 oziq-ovqat, 4 sanoat mollari, 7 aralash mollar do’konlari, univermag, 30 ovqatlanish korxonasi, maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari xizmat qiladi. 5 jamoat kutubxonasi, klub, madaniyat uyi, kinoteatr, 10 dan ziyod bolalar sport maydonchalari, tennis korti, 2 futbol maydoni bor. Tumanda O’rta Osiyoda yagona bo’lgan «Golfklub» tashkil etilgan. Mirzo Ulug’bek tumani (1935 yilgacha — Proletar tumani, 1992 yilgacha Kuybishev tumani; 1992 yil maydan Mirzo Uluebek tumani) — Toshkentdagi ma’muriy-hududiy birlik. 1929 yil tashkil qilingan. Hozirgi chegarasi 1978 yildan buyon o’zgarmagan. Toshkentning shimoli Sharqiy qismida joylashgan. Toshkent markazi (Amir Temur xiyoboni)dan boshlanib, shimoli Sharqiy tomonga, Toshkent avtomobil halqa yo’ligacha boradi. Feruza mavzesi, Toshkent traktor zavodi, Ulug’bek shaharchasi ham tuman hududiga kiradi. Maydoni 3,2 ming kilometr kvadrat, shu jumladan, ko’kalamzorlashtirilgan hudud — 0,579 ming gektar. Aholisi 247,6 ming kishi (2004). Tuman hududida tarixiy va madaniy yodgorliklardan Kirxa (1892) saqlangan. Ko’chalar soni 532 ta. Asosiy magistrallari: Pushkin, Parkent, Temur Malik, Oqqo’rg’on ko’chalari, Buyuk ipak yo’li shohko’chasi, Habib Abdullayev ko’chasi, kichik halqa yo’l. 49 ta mahalla mavjud. Tuman hududida 377 yirik korxona, shundan 28 sanoat korxonasi (shu jumladan, «Toshkentkabel», traktor zavodlari, «O’zbekiston paxtachilik mashinasozligi», lokbo’yoq zavodlari), 3119 kichik va o’rta biznes sub’yektlari bor. 27 ilmiy tadqiqot instituti, 10 loyiha instituti, 4 oliy o’quv yurti (Madaniyat instituti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va boshqalar) hamda umumqo’shin qo’mondonlik bilim yurti, harbiy akademiya, ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, yozuvchilar, kompozitorlar, me’morlar ijodiy uyushmalari va teatr jamiyati, 33 umumiy ta’lim maktabi, 12 kasbxunar kolleji, 4 bolalar musiqa maktabi va san’at maktabi, 10 kasalxona va dispanser, «ona va bola» markazi, 11 oilaviy poliklinika, 2 tibbiy-sanitariya qismi ishlab turibdi. Aholiga 176 oziq-ovqat do’koni, 244 sanoat mollari do’koni, 304 umumiy ovqatlanish korxonalari, 517 maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchasi xizmat qilmoqda. Muxtor Ashrafiy, Sergey Yesenin uy-muzeylari, 28 jamoat kutubxonasi, 3 madaniyat uyi va saroyi, 3 madaniyat va istirohat bog’i, hayvonot bog’i va boshqalar ishlab turibdi. Turar joy fondining umumiy foydalanish maydoni 2579 ming metr kvadrat. Mirobod tumani (1992 yilgacha Lenin tumani) — Toshkentdagi ma’muriy-hududiy birlik. 1929 yil Shayxontohur tumani bilan birgalikda tashkil etilgan. Hozirgi chegarasi 1977 yildan buyon o’zgarmagan. Tuman Toshkentning Janubiy qismida joylashgan. Shimolda Amir Temur xiyobonidan halqa yo’ligacha cho’zilgan. Maydoni 1,71 ming gektar, shu jumladan ko’kalamzorlashtirilgan hududi -0,356 ming gektar. Aholisi 123,8 ming kishi (2004). Ko’chalar soni 103 ta, shundan 8 tasi Markaziy ko’cha hisoblanadi. Bularga Fitrat, Movarounnahr, Nukus, Kosmonavtlar ko’chasi, T. Shevchenko, Farg’ona yo’li va boshqalar kiradi. 39 ta mahalla mavjud. Mirobod tumani janubdan Bektemir, sharqdan Hamza, shimoldan Yunusobod, shimoli g’arbdan Yakkasaroy, Janubi g’arbdan Sergeli tumanlari bilan chegaradosh. Tuman chegaralari Sharof Rashidov, Istiqlol, Oxunboboyev, Farg’ona yo’li, Toshkent katta halqa yo’li, Beshkent, Fitrat, Turg’unboyeva, Oq yo’l, kichik Beshyog’och, Nukus, Kunaev ko’chalaridan o’tadi. Toshkent metropolitenining «Oybek», «Toshkent» stantsiyalari Mirobod tumani hududidadir. Tuman hududidan 4 ta kanal (Baratxo’ja, Qorasuv, Salor, Tolariq) oqib o’tadi. Mirobod tumanida 3167 korxona va tashkilot faoliyat ko’rsatadi, shundan 349 tasi yirik, 818 tasi kichik va o’rta biznes sub’yektlaridir. Toshkent shahri bo’yicha sanoat ishlab chiqarish. umumiy hajmidagi tumanning ulushi 10,5% ni tashkil etadi. «O’zelektroapparat», «O’zkimyofarm», «Foton», «tong» aktsiyadorlik jamiyatlari, «O’ztemiryo’lmashta’mir», «Uchqun» kabi yirik sanoat korxonalari respublika ahamiyatiga ega. Mirobod tumanida asosiy doiradagi sanoat korxonalari soni 31 tani tashkil qilib, sanoatning 8 ta tarmog’i bo’yicha faoliyat yuritadilar, bular yengil sanoat, oziq-ovqat, tibbiyot, matbaa sanoati, mashinasozlik va metallni qayta ishlash sohasi, yog’ochni qayta ishlash va qog’oz ishlab chiqarish. sanoati, kimyo va neft kimyosi sanoati, qurilish ashyolari ishlab chiqarish. tarmoqdaridan iborat. Xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish. hajmlarining eng yuqori o’sish sur’atlari yengil, oziq-ovqat sanoat sohalarida kuzatiladi. Tuman eksport salohiyatining asosiy qismi «O’zbekiston havo yo’llari» va «O’zbekiston temir yo’llari» kompaniyalariga to’g’ri kelib, Toshkent shahri bo’yicha eksportning 1/3 qismi tuman ulushiga to’g’ri keladi. Tumandagi o’zida chiqarilgan mahsulot eksporti bilan shug’ullanuvchi korxonalar «Uzelektroapparat», «Foton» aktsiyadorlik jamiyatlari, «kvark», «O’ztemiryo’lmashta’mir», «Tashelektroapparat» korxonalari va boshqalardir. Mirobod t.umanida Mirobod bozori, aeroport, temir yo’l vokzali, 17 umumiy ta’lim, 2 musiqa, 3 sport maktabi, 8 kasbhunar kolleji, 3 akademik litsey, 6 oliy o’quv yurti (Toshkent Vestminster universiteti, Toshkent davlat aviatsiya, Toshkent farmasevtika, Toshkent temir yo’llari transporti muhandislari, Toshkent sharqshunoslik, Toshkent avtomobil va yo’llar institutlari), 5 o’rta maxsus bilim yurti faoliyat ko’rsatadi. Aholiga 778 savdo va 180 maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchasi xizmat ko’rsatadi. Ulardan 108 oziq-ovqat, 55 sanoat mollari do’konlari, 227 ovqatlanish, 160 nooziq, 160 aralash, 58 nostasionar savdo shoxobchalaridir. Toshkent shahar, viloyat hokimiyatlari, Alisher Navoiy nomidagi o’zbek davlat akademik opera va balet katta teatri, Toshkent davlat rus akademik drama teatri, shuningdek, 4 madaniyat uyi, 2 madaniyat va istirohat bog’i, Le Meridian otel Tashkent Palace, «poytaxt» mehmonxonalari, 7 kutubxona, san’at, Temir yo’l texnikasi, tibbiyot muzeylari, O’zbekiston ba Markaziy ko’rgazma zali mavjud. Tumanda 1 klinik shifoxona, bolalar kasalxonasi, shahar klinik ruhiy kasalliklar shifoxonasi, 2-tug’ruq majmuasi (4 va 5 sonli), 40 oilaviy poliklinika, temir yo’l, tashqi ishlar vazirligi, ichki ishlar vazirligi, Markaziy konsultativ tashhis poliklinikalari, stomatologiya poliklinikasi (7-sonli), shahar jismoniy tarbiya dispanseri, teritanosil kasalliklari dispanseri (1-sonli), Toshkent shahar yo’lovchi transport tibbiyot sanitariya qismi, shahar bolalar ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasi va sanatoriy ishlab turibdi. Turar joy fondining umumiy maydoni 1432,1 ming metr kvadrat. Sergeli tumani — shahardagi ma’muriy-hududiy birlik. 1967 yilda tashkil etilgan. Toshkent shahrining Janubi g’arbiy qismida. Sergeli tumani hududi Markaziy temir yo’l trassasidan Chirchiq daryosi qayirlarigacha bo’lgan yerlarni, Janubi g’arbda Choshtepa, No’g’ayqo’rg’on, Toshkent aeroporti atrofi, Qo’yliq 5-7, Sergeli 1 — 8, Sputnik (Yo’ldosh), Do’stlik, Quruvchilar mavzelari, eski Sergeli, Sanoat zonasini qamrab oladi. Shimoli g’arbdan Toshkent viloyatining Zangiota, Janubi sharqdan Yangiyo’l tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 5,19 ming gektar, shu jumladan, ko’kalamzor yerlar 0,347 ming gektar. Aholisi 154,4 ming kishi (2004). Mahallalar va uy-joy shirkatlari soni 33 ta bo’lib, 14 ta mavze va Yo’ldosh (Sputnik) shaharchasidagi (1966 yilda tashkil etilgan) 17 ta kichik mavzedan iborat. Ko’chalar soni 147 ta. Asosiy magistrallari: Toshkent avtomobil halqa yo’lining Janub qismi, yangi Sergeli, Choshtepa, S. Tolipov, Qipchoq ko’chasi; Toshkent— Angren temir yo’l ham tuman hududidan o’tadi. Sergeli tumanida 1101 korxona bo’lib, shulardan 167 tasi yirik, 252 tasi kichik va boshqa korxonalardir. 330 ta sanoat korxonasida: mebel, ikkilamchi kora va rangli metall, porshen, gigroskopik paxta, asfalt, rezina va plastmassa buyumlari, yog’ochni qayta ishlash, charm va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. «Fayz» xolding kompaniyasi, «mebel» korxonasi, aviasiya ta’mirlash zavodi, «novator» (traktor porshenlari), «Barakatalfa» (gigroskopik paxta), «Grinvord» (bolalar oziq-ovqati, meva sharbatlari), Toshkent temir yo’l masofasi (konteynerlar jo’natadi) korxonalari, Quyoshdan himoyalash buyumlari zavodi (plastmassa romlar va boshqalar), «Toshkent» xalqaro aeroporti, Sergeli aviaotryadlari, 3 avtokombinat, «raf» avtokorxonasi (yo’lovchilarga kichik avtobusda xizmat ko’rsatiladi), 4, 12 avtobus saroylari mavjud. Shuningdek, 973 ta tadbirkor faoliyat ko’rsatadi. Tumanda 27 umumiy ta’lim maktabi, 5 ta maktabdan tashqari ta’lim markazi, 6 kasb-hunar kolleji, 2 bolalar sport maktabi bor. Sog’liqni saqlash sistemasida 491 o’rinli 3 ta shahar kasalxonasi, 5 poliklinika, tug’ruqxona, teritanosil kasalliklari dispanseri, 33 dorixona aholiga xizmat ko’rsatadi. Sergeli tumanida O’zbekiston Respublikasi tashki iqtisodiyot milliy banki, sanoat qurilish banki, «Asakabank», uyjoy jamg’arma banki, Xalq banki bo’limlari mavjud. Shahardagi eng yirik savdo majmualaridan dehqon bozori, Sergeli, «Avtomakon» bozori, Poytaxt Sergeli savdo markazi ishlab turibdi. 8 kutubxona, 3 madaniyat uyi, Usmon Nosir va yangi Sergeli madaniyat va istirohat bog’lari, musiqa maktabi bor. 106 sport inshooti, shu jumladan, stadion, 5 suzish havzasi, 43 sport zali, 51 sport maydonchasi, 4 sog’lomlashtirish sport majmuasi mavjud. Tumanda qurilish ishlari, asosan, Toshkent zilzilasi (1966 yil)dan keyin boshlangan bo’lib, 1 va 2 qavatli yog’och uylar qurilgan. Sergeli turar joy dahasidagi 4 va 9 qavatli binolar 1980— 90 yillarda qad ko’targan. Sergeli tumani turar joy fondining umumiy foydali maydoni 2718,5 ming metr kvadrat (2004). Tumanning asosiy yo’nalishi — umumshahar markazi bilan bog’laydigan Yangi Sergeli ko’chasi. Tuman hududida Choshtepa va No’g’ayqo’rg’on arxeol. yodgorliklari bor. Sobir Rahimov tumani — Toshkentdagi ma’muriy-hududiy birlik. 1970 yilda tashkil qilingan. Sobir Rahimov nomi bilan atalgan. 1980 yildan hozirgi chegarasida. Toshkentning shimoli g’arbida joylashgan. Shimoli g’arbda Toshkent viloyati Zangiota tumani, shimol va shimol sharqda Toshkent tumani, sharqda Yunusobod tumani, Janub va Janubi g’arbda Shayxontohur tumani bilan chegaradosh. Maydoni 3,4 ming gektar, shu jumladan ko’kalamzor yerlari 1,01 ming gektar. Aholisi 283,6 ming kishi (2004). Ko’chalar soni 290 ta. Asosiy magistrallari: Beruniy, Niyozov, kichik halqa yo’l, Forobiy, Ziyomov, Chimboy, usta Shirin, Tansiqboev, Hasanov, Oybek va Qorasaroy ko’chalari. 58 ta maxalla mavjud. Tuman hududida «Kolorfleks», «Imperial», «Osiyobatareya» qo’shma korxonalari, 30 sanoat korxonasi, shu jumladan, «Toshkentmarmar» ishlab chiqarish. birlashmasi, «Mikond», agregat, tajribamexanika, ekskavator ta’mirlash, «kompressor», «Oniks» va chinni zavodlari, «Toshkent mebel» ishlab chiqarish birlashmasi, «tola» (pillakashlik) korxonasi, bosh kiyimlar fabrikasi, 10 avtotransport va 10 qurilish tashkiloti faoliyat ko’rsatadi. Tumanda 19 ilmiy tadqiqot instituti, 4 loyihalash tashkiloti («O’zgazloyiha», «O’zqishloqxo’jalik loyiha», Xalq ta’limi vazirligining loyiha-konstruktorlik byurosi, «tash. ZNIIEP»), 3 oliy o’quv yurti (O’zMU, ToshDTU, 2-Toshkent tibbiyot instituti),   litsey, 1 kasb-hunar kolleji, 37 umumiy ta’lim maktabi, 1 san’at, 1 ta musiqa maktabi, 60 ta maktabgacha tarbiya muassasasi bor. Tuman aholisiga 47 oilaviy poliklinika, 20 ta kasalxona, 8 madaniyat uyi va saroyi, 10 ta kutubxona, yosh tomoshabinlar teatri, tabiat muzeyi, 3 ta bozor, 5 ta stadion, 6 ta suzish havzasi, 57 sport zali, 10 ta tennis majmuasi xizmat ko’rsatadi. Tuman hududida «Oymomo» madaniyat va istirohat bog’i, bir necha kichik dam olish maskanlari, «O’zekspomarkaz» xalqaro ko’rgazmalar majmui, «Olimpiya» mexmonxonasi faoliyat ko’rsatadi. 110 oziq-ovqat va 51 sanoat mollari do’koni, 196 umumiy ovqatlanish korxonasi, 467 maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchasi mavjud. Mustaqillik yillarida Sag’bon, Qorasaroy, Forobiy ko’chalari kengayib, Moyqo’rg’on, Beshqo’rg’on mavzelari tashkil qilindi, uzunligi 1 kilometrdan ziyod ko’prik bunyod etildi. Tuman hududida me’moriy yodgorliklardan Baroqxon madrasasi, Qaffol Shoshiy maqbarasi bor. Beruniy, Furqat, Sobir Rahimovval. B. Shastri, Berdaq, A. Qodiriyga haykal o’rnatilgan. Shahar metropolitenining Beruniy metro stansiyasi tuman hududida joylashgan. Chilonzor tumani — Toshkentdagi ma’muriy-hududiy birlik. 1963 yilda tashkil qilingan. Toponimistlarning fikricha tuman nomi Chilon (jiyda) o’simligidan olingan. Toshkent zilzilasi (1966) dan keyin tumanda qurilish ishlari avj oldi. Toshkentning Janubi g’arbiy qismida joylashgan. Shimolda Oqtepa kanali, sharqda Bo’rijar kanali, Janubi g’arbda O’rta Osiyo temir yo’l bo’ylab Toshkent avtomobil halqa yo’li va Bobur ko’chasigacha davom etgan. Maydoni 2994 gektar, shu jumladan, ko’kalamzorlashtirilgan maydonlar 1,334 ming gektar. Aholisi 217,1 ming kishi (2004). Ko’chalar soni 262 ta. 45 ta mahalla mavjud. Tumandagi ba’zi joylar Toshkent tarixi bilan bog’liq. Chilonzor Oqtepasi arxeologik yodgorligi (4-8-asrlar, 10— 11-asrlar), Abulqosim Shayx madrasasi, Xayrobod Eshon me’moriy majmuasi kabi me’moriy yodgorliklar shu tuman xududida joylashgan. Asosiy magistrallari — xalqlar do’stligi, Muqimiy, Cho’ponota, Farhod, Gavhar, Chilonzor, Qatortol, AlXorazmiy ko’chalari. Hududida qo’shma korxonalar («Sovplastital» O’zbekiston — Italiya qo’shma korxonasi, «O’zbegiminterneshnl» qo’shma korxonasi va boshqalar), 24 sanoat korxonasi (shu jumladan, 3 poyabzal ishlab chiqarish birlashmasi, ko’rlar jamiyatining ishlab chiqarish kombinati, «rele va avtomatika», «algoritm» korxonalari, elektr ro’zg’or buyumlari zavodlari); 8 ilmiy tadqiqot instituti, 8 loyihalash instituti, konstruktorlik byurosi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 38 umumiy ta’lim maktabi, 20 akademik litsey va kollej, 65 maktabgacha yoshdagi bolalar muassasasi; 9 kasalxona va 31 ta poliklinika bor. Aholiga 152 oziq-ovqat, 64 sanoat mollari do’konlari, 121 umumiy ovqatlanish korxonasi, 96 maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchasi, Chilonzor buyum bozori xizmat qiladi. Muqimiy nomidagi musiqa va drama teatri, Davlat musiqali komediya (operetta) teatri, 2 kinoteatr, Navoiy nomidagi Milliy bog’, G’afur G’ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog’i, xalqlar do’stligi saroyi faoliyat ko’rsatadi. 4 stadion, 101 sport zali, 166 sport maydonchalari, 6 suv havzasi, Otchopar majmuasi bor. Turar joy fondining umumiy foydali maydoni 3178 ming metr kvadrat. Shayxontohur tumani — Toshkentdagi ma’muriy-hududiy birlik. 1929 yil Oktyabr tumani nomi bilan tuzilgan. 1992 yilda Shayxontohur (Shayx Xovandi Tohur) tumani deb o’zgartirilgan. 1978 yildan hozirgi chegarada. Shimoli g’arbda Zangiota tumani, shimolda Sobir Rahimov, shimoli sharqda va Sharqda Yunusobod, Janubda Chilonzor va Yakkasaroy, g’arbda Akmal Ikromov tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 2,73 ming gektar, shu jumladan ko’kalamzorlashtirilgan maydonlar 0,832 ming gektar. Aholisi 263,1 ming kishi (2004). Ko’chalar soni 622 ta. Asosiy magistrallari: Abdulla Qodiriy, Navoiy, O’zbekiston, Beruniy shohko’chalari, Furqat, Uyg’ur, Samarqand darvoza ko’chalari. Xalqlar do’stligi, Xadra, Chorsu, Ostepa maydonlari, 48 ta mahalla bor. Tumanda 3379 korxona va tashkilot mavjud. 9 sanoat korxonasi, shundan «Sharq guli» badiiy, Toshkent tikuvchilik, «orzu» ishlab chiqarish birlashmalari, Toshkent matbaa kombinati, ko’nmo’yna zavodi va boshqa ishlab turibdi. 3069 kichik va o’rta biznes sub’yektlari qayd etilgan. Shayxontohur tumanida 18 vazirlik, davlat qo’mitalari va yirik idoralar, me’morlik va shaharsozlik bosh boshqarmasi, 11 loyihalash instituti, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi, Seysmologiya, Polimerlar kimyosi va fizikasi, Mikrobiologiya institutlari, arxitektura va qurilish, kimyo-texnologiya institutlari, 16 o’rta maxsus o’quv yurti, 42 umumiy ta’lim maktabi va boshqa muassasa, tashkilotlar bor. 10 ta oilaviy va stomatologiya shifoxonasi, 18 poliklinika va ambulatoriya, 8 kasalxona xizmat ko’rsatadi. Mustaqillik yillarida tuman hududida O’zbekiston davlat konservatoriyasi, Islom universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi akademik litsey qurildi, O’zbek milliy akademik drama teatri, «Chorsu» savdo markazi binolari hamda eski jo’va bozori qayta ta’mirlandi. Eng yirik guzarlari: «Gulzor», «Ipakchi», «Ko’kcha», «Islomobod». Tumanda «Yangi Kamolon», «Huvaydo», «Bog’ko’cha», «Cho’ponota», «Ipakchi» mahallalarida katta sport maydonlari mavjud. 562 oziq-ovqat, 346 sanoat mollari do’konlari, 174 maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, «Chorsu» savdo markazi tuman aholisiga xizmat ko’rsatadi. O’zbek milliy akademik drama teatri, Abror Hidoyatov nomidagi O’zbek davlat drama teatri, satira teatri, rus yosh tomoshabinlar teatri, tsirk, «San’at saroyi», «O’zko’rgazmasavdo» saroyi, 9 madaniyat uyi va muassasasi, kino uyi, 22 jamoat kutubxonasi, 4 kinoteatr va boshqalar, «Paxtakor» stadioni, «JAR» sport majmui, «Sharq», «Xadra», «yoshlar uyi», «Sun Shine Tyron» mehmonxonalari ishlab turibdi. Tuman hududida me’moriy yodgorliklaridan Ko’kaldosh madrasasi (16-asr), Yunusxon (15-asr), Shayx Zayniddinbobo (13— 14alar) maqbaralari saqlangan. Yunusobod tumani — Toshkentdagi ma’muriy-hududiy birlik. 1936 yilda Kirov tumani nomi bilan tashkil qilingan. 1992 yil may oyidan Yunusobod tumani deb ataladi. Yunusobod nomining kelib chiqishi haqida turlicha fikrlar bor. Ayrim tadqiqotchilar (akademik A. Muhammadjonov) fikricha, joyning nomi juda qad. bo’lib, asli «Yunusrabot» deb atalgan. Bu o’rinda «rabot» karvonsaroy ma’nosida qo’llangan. Shimol tomondan shaharga kiruvchilar shu joyda qo’nib o’tishgan. Mahalliy ziyolilarning fikricha, joyning nomi sebzorlik tadbirkor Yunushoji Nodirhoji o’g’li (19-asr, Yunusobod Oqtepasida bog’-rog’lari bo’lgan) haqidagi rivoyatlar bilan bog’liq. Tuman shaharning shimol qismida joylashgan. Amir Temur xiyobonidan boshlanib shim. tomonga, Toshkent katta halqa yo’ligacha davom etadi. Maydoni 4,14 ming gektar, shu jumladan, ko’kalamzorlashtirilgan maydoni 1,073 ming gektar. Aholisi 289,0 ming kishi (2004). Ko’chalar soni 441 ta. Asosiy magistral ko’chalari: Sharof Rashidov, Amir Temur, Ahmad Donish, Xurshid, G’ani Mavlonov, Jahon Obidova, gvardiya polkovnigi Xo’jayev. 50 ta mahalla mavjud. Tuman hududida 3547 korxona va tashkilot bo’lib, kichik va o’rta biznes sub’yektlarining sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi 36,3%, qurilishda 64,2%, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 50,9% ni tashkil etadi. Ular orasida 155 ta qo’shma korxona faoliyati ishlab chiqarish va aholiga xizmat ko’rsatishga yo’naltirilgan. Sanoat korxonalaridan «Uzbekqishloqmash», «Yulduz» tikuvchilik, «Asbobsoz», «Raupxon» korxonalari; vagon ta’mirlash zavodlari, kitobjurnal fabrikasi, «O’zbekenergota’mir» ishlab chiqarish birlashmalari va boshqalar ishlab turibdi. Chet el investitsiyalari ishtirokida faoliyat ko’rsatayotgan «Dilek interprays», «Aylin gida Sanayi», «Aziya Silk» sho»ba korxonalari, «rastr», «Supertekstil» korxonalari, shuningdek, mebel ishlab chiqaruvchi 3 ta kushma korxona bor. 20 ga yaqin ilmiy tadqiqot instituti, loyihalash institutlari, 6 litsey, 6 kasb-hunar kolleji, 4 oliy o’quv yurti, 42 umumiy ta’lim maktabi, 3 musiqa maktabi, 70 maktabgacha tarbiya muassasasi, 8 ta kasalxona, 40 poliklinika va ambulatoriya muassasalari, 1 sanatoriy bor. 2 kinoteatr, «Turkiston» kinokontsert zali, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O’zbekiston xalklari tarixi davlat muzeyi, O’zbekiston tasviriy san’at galereyasi, hayvonot bog’i, «Interkontinental», «Dedeman Silk Road», «Sheraton» mehmonxonalari, Shahidlar xotirasi majmuasi, 5 madaniyat uyi, 12 kutubxona, 186 sport inshootlari, olay, Yunusobod bozorlari, 1785 ta savdo, 356 ta umumiy ovqatlanish va 467 ta maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari ishlab turipti. Toshkentning asosiy televizion minorasi tuman hududida joylashgan. Turar joy fondining umumiy foydali maydoni 5223 ming metr kvadrat. Yunusobod tumani hududida Toshkent metropoliteni Yunusobod yo’nalishining Yunus Rajabiy, Abdulla Qodiriy, Minor, Habib Abdullayev stansiyalaridan elektr poyezdlar qatnaydi. 2005 yilgacha yana 3 stansiya (F. Xo’jayev, «Yunusobod», «Turkiston»)ni ishga tushirish yuzasidan ishlar olib borilmoqda. Yakkasaroy tumani — Toshkentdagi ma’muriy-hududiy birlik. 1936 yil Frunze tumani nomi bilan tashkil qilingan. 1992 yil maydan Yakkasaroy tumani deb ataldi. Tuman Toshkentning Janub va qisman Markaziy qismida joylashgan. Shimolda O’zbekiston ko’chasidan Janubda O’rta Osiyo temir yo’l liniyasigacha cho’zilgan. Maydoni 1,39 ming gektar, shu jumladan, ko’kalamzorlashtirilgan hududi 0,144 ming gektar. Aholisi 112,3 ming kishi (2004). Ko’chalar soni 156. Asosiy magistrallari: Bobur, Usmon Nosir, Nukus, Uzbekistan, Shota Rustaveli, Afrosiyob ko’chalari. 17 ta mahalla mavjud. Tuman hududida 24 sanoat korxonasi va 32 qurilish tashkiloti joylashgan. 3 avtotransport korxonasi, yuk ortishtushirish temir yo’l stansiyasi, avtovokzal ishlab turibdi. Yirik sanoat korxonalaridan «Toshto’qimachi» kombinati, «Toshkent yog’ochni qayta ishlash zavodi», temirbeton mahsulotlari zavodi, «Agama» korxonasi, poyabzal, Sanoat-industriya birlashmalari va boshqalar faoliyat ko’rsatadi. 26 ilmiy tadqiqot instituti, loyihalash tashkilotlari va konstruktorlik byurosi, 4 oliy o’quv yurti (Nizomiy nomidagi Pedagogika universiteti, To’qimachilik va yengil sanoat instituti, Mannon Uyg’ur nomidagi san’at instituti, Toshkent xoreografiya oliy maktabi), 6 ta kasb-hunar kolleji va litseylar, 19 umumiy ta’lim, 2 sport, 2 musiqa maktablari, 8 kutubxona mavjud. Tuman aholisi salomatligi muhofazasini 14 davolash muassasasi va 5 ta oilaviy shifoxona ta’minlaydi. «To’qimachi» stadioni, 4 suzish havzasi, 29 sport zali, 89 korxona va muassasalarga qarashli sport maydonchalari, 2 meg’monxona, 1 kinoteatr, 9 kutubxona, Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog’i, Respublika Baynalminal madaniyat markazi, qo’g’irchoq teatri, Amaliy san’at muzeyi, O’zbekiston badiiy Akademiyasining ko’rgazmalar zali mavjud. Aholiga 97 oziq-ovqat, 60 sanoat mollari do’koni, 188 umumiy ovqatlanish korxonasi, 129 maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchasi, «Askiya» dehqon bozori xizmat ko’rsatadi. Tumandagi ko’p qavatli binolar asosan, «boshliq», «Qushbegi» turar joy massivlari va yirik magistrallar bo’ylab joylashgan. Hamza tumani — Toshkentdagi ma’muriy-hududiy birlik. 1968 yilda tashkil qilingan. Hamza nomiga qo’yilgan. G’arbda Amir Temur xiyoboni va Yo’ldosh Oxunboboyev ko’chasidan boshlab Sharqda Ohangaron yo’ligacha davom etadi. Hududi 3,46 ming gektar shu jumladan, ko’kalamzorlar — 172 gektar. Aholisi 208,7 ming kishi (2004). Ko’chalar soni 220 ta. Asosiy magistrallari: Jarqo’rg’on, Lisunov, Hamza, Yo’ldosh Oxunboboev kuchalari va Fargona, Ohangaron yo’llari. Hamza tumanida 50 ta mahalla mavjud. Tuman hududida 2152 ta tashkilot, shu jumladan, 34 sanoat korxonasi (Toshkent aviasiya ishlab chiqarish birlashmasi, «Toshqishloqmash», «Toshmargyog'», «Toshkentvino», «O’zbek qog’ozi», «O’zbekiston shampani», «Toshdonmahsulot», «Toshkentguruch» aktsiyadorlik jamiyatlari korxonalari va boshqalar); 168 qurilish tashkiloti; temir yo’l transporti korxonalari — teplovoz va vagon depolari, Toshkent yuk ortishtushirish temir yo’l stantsiyasi bor. Shuningdek, tumanda 37 transport va aloqa korxonalari joylashgan. Keyingi yillarda tashkil qilingan «Farm Glase» Uzbekistan—Britaniya, «Tufin» O’zbekiston—Isroil, «LokKolorSintez» O’zbekiston — Shveytsariya, «XobasTapo» O’zbekiston—Germaniya— Shveytsariya, «NWA» — O’zbekiston— Rossiya qo’shma korxonalarida import o’rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Hamza tumanida O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Prezidiumi, 3 ilmiy tadqiqot instituti, O’zbekiston milliy axborot agentligi, 25 umumiy ta’lim maktabi, 50 ta maktabgacha tarbiya muassasasi, 5 musiqa, maktabi, 4 kasb-hunar kolleji, Toshkent birinchi tibbiyot instituti va biznes maktabi bor. 9 kasalxona, 30 poliklinika va ambulatoriya muassasasi, 1 qon qo’yish stantsiyasi faoliyat ko’rsatadi. Aholiga 359 oziq-ovqat, 595 sanoat mollari do’konlari, 197 umumiy ovqatlanish, 324 maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari xizmat qiladi. 16 jamoat kutubxonasi, 4 kinoteatr, 2 madaniyat saroyi, 4 madaniyat uyi, «Baxt-Rohat» dam olish zonasi bor. Turar joy fondining umumiy maydoni 2,5 million metr kvadratga yaqin. Ad.: Toshkent [entsiklopediya], T., 1992; Azadaev F., Tashkent vo vtoroy polovine Xіxveka, T., 1959; Sokolov Yu. A..Tashkent, tashkentsi i Rossiya, T. 1965; Dobroemislov A. I., Tashkent v proshlom i nastoyatshem. Istoricheskiy ocherk. T., 1912; Bartold V. V., Sochineniya, 3t.; M., 1965; Mukminova R. G., Filanovich M. I., Tashkent na perekrestke istorii, T., 2001; o’rin BoE v A., Bo’riev O., Toshkent Muhammad Solih tavsifida, T., 1983; Beysembiev T. K., «Ta’rixi Shaxruxi» kak istoricheskiy istochnik, Almaata, 1987; Munirov K., Irisov A., Nosirov A., Toshkent tarixida ba’zi siymolar, T., 1983; Sodiqova N. S.,’Buryakov Yu. F., Qadimgi va hozirgi Toshkent, T., 1965; Bulatova V. A., Mankovskaya L., Pamyatniki zodchestva Tashkenta (XIV—XIX), T,, 1983, Muham madjonov A. R., Qadimgi Toshkent, 2002; Toshkent atlasi, M., 1984.