«Toshkent haqiqati»
«Toshkent haqiqati» – Toshkent viloyati hokimligining ijtimoiysiyosiy gazetasi. Muassisi — Toshkent viloyati hokimligi. Toshkent sh.da haftada 5 marta chiqadi. Dastlab 1928 y. 11 dek.da «Sharq haqiqati» nomi bilan «Toshkent okrug firqa qo’mitasining, okrug ijroiya qo’mitasining va okrug kasaba soyuzlari sho’rosining nashr afkori» sifatida chop etilgan (jami 519 soni chiqqan). 1930 y. 23 sent.dan «qizil O’zbekiston» gaz.ga qo’shilgan. 1954 y. 9 Fev.dan hoz. nomda. Gaz.ga turli yillarda R. Alimov, E. Ismoiljonov, 3. Esenboev, M. Qoriev, A. Ismoilov, N. Nasimov, F. Muhiddinov va b. muharrirlik qilishgan. Gaz.ning tashkil etilishida va dastlabki sonlaridan boshlab siyosiyiqtisodiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayot hodisalariga hozirjavob gaz. sifatida namoyon bo’lishida o’sha davrning taniqli yozuvchi va jurnalistlari — Abdulla Qodiriy, G’afur G’ulom, Maqsud Shayxzoda, Sotti Husayn, Komil Aliev, Orif Ayupovlar katta ijodiy hissa qo’shganlar. 2001 y. 7 iyuldan «T.h.»va «Tashkentskaya Pravda» gaz. larining Birlashgan tahririyati tashkil etildi. Gaz. sahifalarida bozor iqtisodiyotini rivojlantirish, keng ko’lamli islohotlarni amalga oshirish, ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyot, tadbirkorlik harakati miqyoslarini kengaytirish muammolariga doir mavzular yoritib boriladi. Barkamol inson tarbiyasi, vatanparvarlik va yuksak axloqiyma’naviy fazilatlarni shakllantirish, huquqtarg’ibot masalalari gaz.da etakchi mavzularga aylangan. Adadi 12000 nusxa (2004).