TOSHKENT HAYVONOT BOG’I

TOSHKENT HAYVONOT BOG’I – ma’rifiy va i. t. ishlari olib boradigan muassasa. 1924 y.da 3 ga maydonda O’rta Osiyo unti biolog olimlari tashabbusi bilan sobiq podsho generalgubernatorining shahar chekkasidagi dala hovlisidagi kichik hayvonot burchagi negizida tashkil etilgan. 40-y.lar oxirida 200 turdan ortiq hayvonlar jamlangan hayvonot bog’iga aylandi. O’zbekiston Respublikasi hukumati qaroriga ko’ra, 1994-97 y.larda T.h.b. uchun barcha zamonaviy talablar va standartlarga javob beradigan yangi hayvonot bog’i qurildi. Botanika bog’i yaqinida joylashgan mazkur hayvonot bog’iga 1997 y. 1 sent.da T. h.b. ko’chib o’tdi. Umumiy mayd. 22,7 ga. 349 turdagi 3000 dan ortiq jonivorlar, shu jumladan, sut emizuvchilarning 58 turi, qushlarning 74 turi, reptiliyalar va amfibiyalarning 26 turi, baliklarning 191 turi (2141 dona) saklanadi (2004). Akvarium bo’limida dengiz akvasistemasi barpo etilgan bo’lib, unda dengiz jonivorlari, akula va baliklar, poliplar va b. yashash uchun sharoitlar yaratilgan. Hayvonot bog’i yirtqich qushlarni ko’paytirishga ixtisoslashgan (qoraqush, kalxat, boltayutar, Kondor va b.). Noyob va yo’qolib borayotgan hayvonlar turlarini ko’paytirish bo’yicha ilmiy ishlar olib boriladi. Chet ellardagi 86 muzey bilan hayvonlar va ilmiy axborotlar almashish bo’yicha hamkorlik qiladi. 1998 y.dan Evropa—Osiyo zooparklar va akvariumlar mintaqaviy uyushmasiga a’zo. T.h.b. Ashxobod, Termiz, Dushanba, Olmaota hayvonot bog’larini tashkil topishida bevosita ishtirok etgan.