«TOSHKENT LOKBO’YOQ ZAVODI» AKTSIYADORLIK JAMIYATI
«TOSHKENT LOKBO’YOQ ZAVODI» AKTSIYADORLIK JAMIYATI – kimyo sanoati korxonasi. Sanoat va qurilish, qishloq xo’jaligi. mashinasozligi, mebel, parket va b. uchun lokbo’yoq mahsulotlari, loklar, bo’yoqlar, pigmentlar, quruq pyx oq bo’yog’i va b. ishlab chiqaradi. 1945 y.da mineral xom ashyoni qayta ishlaydigan Artel negizida tashkil etilgan. 1948 y.dan zdning yangi binosi kurila boshlagan. 1950 y.da smola quyultirish tsexi, 1953 y.da emal va quyultirilgan smolaga aralashtirilgan bo’yoq, 1962 yda quruq pyx belilasi, 1965 y.da suvemulsiya bo’yog’i, 1968 y.da sariq temir oksidli pigment ishlab chiqaruvchi tsexlar ishga tushirildi. 1965 y.da zdning ishlab chiqarish quvvati 40 ming t ga etdi. 1999 y.dan «Toshkent lokbo’yoq zavodi» ochiq aktsiyadorlik jamiyati. Ustav fondidagi xorijiy investorlar ulushi 33%ni tashkil etadi. 3Dda asosiy 5 ta tsexda — kondensasiya qilingan qatrondan lok tayyorlash tsexi, metall idishlar tayyorlash tsexi, xalk iste’moli mollarini ishlab chiqarish. tsexi, sirbuyok va qotiruvchi moddalar ishlab chiqarish. tsexi, temir oksidi (rang beruvchi) va quruq pyx oq bo’yog’ini i. ch. tsexlari faoliyat ko’rsatadi. Korxonada 2000 y.dan boshlab Farg’ona yog’moy kti ishlab chiqaradigan gliserin asosidagi lok va sirbo’yoqning yangi xillari o’zlashtirildi; «Navoiyazot» korxonasida ishlab chiqariladigan akril emulsiyasi asosida suvlidispersiya bo’yoqlarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. 3Dda soya va paxta yog’i asosida «oksal» alifmoyini ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqildi. Temir kuporosi eritmasini i. ch. bo’yicha yangi texnologiya, shuningdek, mahalliy xom ashyo turlari — yog’kislotalari, bo’r, oxradan foydalanib, lokbo’yoq mahsulotlarini ishlab chiqarish.ning yangi texnologiyalari ishlab chiqildi. Mahsuloti chet ellarga eksport qilinadi. O’zbekiston — Rossiya «OXIDE» qo’shma korxonasi tashkil etilgan (2003). Rossiya (Omsk, Ufa)da korxonaning savdo uylari ochilgan.