TOSHKO’MIR KUMIR KONI

TOSHKO’MIR KUMIR KONI – Qirg’iziston Respublikasining O’sh viloyatida, Farg’ona vodiysining shim. da, Norin daryosi bo’yida joylashgan. Kon 19-a. oxirlaridan ma’lum bo’lib, geologik tuzilishi usha paytda va 20-a. boshlarida urganilgan. T.k.k. 1916 y.da ishga tushirilgan. Konda kumir kazib olish 1985-95 y.lar mobaynida ancha kamaygan. T.k.k. yura davri jinslari qatlamlaridan tashkil topgan. Ko’mirli qatlamning qalinligi 450-550 m. Unda 4 svita mavjud (quyidan yuqoriga): kumir osti yoki bazal svitasi (kalinligi 40 m gacha), kumirli qatlam (yuqori leyas, 100 m gacha), kumir ustidagi qatlam (Dogger, 30-150-200 m), rang barang qatlam (Malm, 120-150 m). Kumirli svitada 5 kumirli majmua bulib, ular orasida argillit, alevrolit va qumtosh qatlamlari mavjud. Ko’mir qatlamining qalinligi 0,6—4,5 m. T. k. k. ko’miri chiqindili toshko’mir hisoblanadi. Ko’mirning ko’p qismidan rangli metallurgiya ktida, O’sh va Farg’ona sh.laridagi issiqlik elektr styalarida, kommunal xo’jaliklarda keng foydalaniladi.