Toshloqi 862
Toshloqi 862 — o’rtapishar qovun navi. O’zbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik i.t. intida mahalliy navdan yakka tanlash usuli bilan (M.N.Kulakova, 1956) yaratilgan. Niholi unib chiqqandan keyin mevasi 85-90 kunda pishadi. Meva shakli tsilindrsimon, vazni 1,6— 3,0 kg, yuzasi silliq, tusi och yashil. Po’sti o’rtacha qalinlikda, etining rangi och yashil, qalinligi 3,5—5,0 sm, mayin, sersuv, shirin, yangiligida iste’mol qilinadi. Urug’xonasi o’rtacha kattalikda, urug’lari yirik, urug’xonaning yarmini egallaydi. Quruq modda miqdori 14,2%, qand 11,8%. Hosildorligi 200-220 . ts/ga, Eti yumshoq bo’lgani uchun uzoq saqlab bo’lmaydi. O’zbekistonning (Xorazm viloyati va Qoraqalpog’istondan tashqari) barcha viloyatlari uchun rnlashtirilgan.