Toshmatov Mansur G’anievich

Toshmatov Mansur G’anievich (1954.14.9, Toshkent) — estrada xonandasi, O’zbekiston xalq artisti (1995). G’anijon Toshmatovning o’g’li. Toshkent teatr va rassomlik san’ati intini tugatgan (1979). «Navo» (197679), «Sado» VIA (1979-81) lari, Jizzax (1982-84) va O’zbek davlat filarmoniya (J 9868 8)si, O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar ashula va rake ansambli (1991 -99)da yakkaxon xonanda, «UzbekTeatr» birlashmasida «Fayz» qo’shiq teatri (1988-91), B. Zokirov nomidagi Estradasimfonik orkestri (2003 y.dan) badiiy rahbari. Repertuaridan chet el estrada yulduzlari — F. Sinatra, T. Jons, S. Uander E. Jero, O’zbekiston (E. Solihovning «Umid», E. Shiryaevning «oq qayinlar», ik. Akbarovning «Qaydasan», «Ra’no» va b.) va b. kompozitorlar asarlari, shuningdek, musiqasini o’zi bastalagan qo’shiklari («uynading», U. Abduazimova she’ri; «Shirin xayol kelarmi», Sh. Rashidov) o’rin olgan. T. keng diapazonli, jozibali ovoz sohibi. Ijrolari gramplastinka («Mansur Toshmatov kuylaydi», 1978) va kompakt disk («Your favorite songs», 2000)ga yozilgan. «Uzbektelefilm» studiyasida T. ijodiga bag’ishlangan 2 film ishlangan (1984, 1988). Bir necha xalqaro estrada tanlovlar (jumladan, Bolgariyadagi «Oltin Orfey», 1978) g’olibi.