Toshsoqa

Toshsoqa — Xorazm viloyatidagi yirik sugorish kanali. Amudaryoning chap qirg’og’idan boshlanadi. Daryoda suvning ko’pkamligiga qarab suv 2 kanaldan: 1939-40 y.larda qurilgan eski Toshsoqa (uz. 34 km; suv sarfi 285 m3/s) va 1964 y.da kurilgan yangi Tuyamo’yin (210m3/s ga mo’ljallangan, amalda 90 m3 suv oladi) kanallari orqali olinadi. Eski Toshsoqa kanalining 34 km da qurilgan suvayirg’ich bilan tugaydi. Bu erdan respublikalararo Shovot (uz. 150 km, bosh qismida suv sarfi 125 m3/s), Polvong’azovot (uz. 31 km, suv sarfi 170 m3/s) va xo’jaliklararo Xonqaarna kanali (uz. 24 km, suv sarfi 11 m3/s) boshlanadi. T. suvi bilan Xorazm viloyatining Xonqa, Urganch, Bog’ot, Shovot tumanlaridagi 138,4 ming ga, Turkmanistonning taxti tumanidagi 94,1 ming ga er sug’oriladi.