Toshtiq madaniyati

Toshtiq madaniyati – Jan. Sibirning temir davri arxeologik madaniyati (mil. AV. 1-a. — mil. 5-a.). Enisey daryosining o’rta havzasi — Minusinsk kotlovinasida, Krasnoyarsk atrofi, Kemerovo viloyatining Sharqiy qismida tarqalgan. Enisey bo’yida joylashgan Bateni qishlog’i yaqinidagi Toshtiq daryosi sohilidagi mozorqo’rg’on nomidan olingan. Dafn inshootlariga o’liklar kuydirib qo’yilgan. T.m. qabilalari Tagar madaniyati aholisi (dinlinlar) ajdodi bo’lib, mil. AV. 2 — 1-a.larda Markaziy Osiyodan kelgan turkiyzabon gyangunlar bilan aralashib ketganlar. T.m. kabrlaridan rangli naqsh berilgan maskalar, idishlar va b. topilgan. Zodagonlar qabrlaridan hayvonlarning yog’ochdan ishlangan haykalchalari, kambag’allarni aks ettirgan haykallar chiqqan. T.m. aholisining mashg’uloti chorvachilikdehqonchilik edi. Jamoa ibtidoiy munosabatlarining so’nggi bosqichida bo’lgan.