TOSHXO’JAYEV O’KTAM

TOSHXO’JAYEV O’KTAM (1951.18.9, Toshkent shahri) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Toshkent chet tillar pedagogika institutini tugatgan (1973). 1980 yildan Mirobod tumanidagi 125-maktabda frantsuz tili o’qituvchisi. Darsni qiziqarli muzokara, bahssuhbatlar, sirtqi sayoqatlar usulida o’tkazadi.