TO’SIQ RIFLARI

TO’SIQ RIFLARI — marjonlarning ohak qoldiqlaridan tuzilgan va ustini o’sayotgan marjonlar qoplagan suv osti qoyalari. To’siq riflari Tinch, Hind va Atlantika okeanlarining iliq suvli qirg’oq yaqinidagi sayozliklarida bir necha kilometrdan o’nlab kilometrga cho’zilgan. Eni yuzlab metrga teng. To’siq riflari bilan qirg’oq o’rtasi Laguna (sayoz qo’ltiq) dan iborat. Suv qaytganda alohida orollar ko’rinishida suv yuzasiga chiqib qoladi. Eng katta To’siq riflari — Katta Avstraliya to’siq rifi.