Tovush

Tovush (fizikada) — keng ma’noda — gazsimon, suyuq yoki qattiq muhitda to’lqin shaklida tarqaladigan elastik muhit zarralarining tebranma harakati. Tor ma’noda — odam va hayvonlarning maxsus sezgi organlari orqali qabul qilisheshitish hodisasi. Eshitiladigan va eshitilmaydigan T. bor. Chastotasi 16 Gts — 20 kgs gacha bo’lgan to’lqinlar inson qulog’ida T. sezgisini uyg’otadi. Chastotasi 16 Gts dan kichik bo’lgan elastik to’lqinlar infratovush deb ataladi. Chastotasi vq20 kgs q 1 GGs bo’lgan to’lqinlar ultratovush va chastotasi u>1GGs dan yuqori bo’lgan to’lqinlar gipertovush deyiladi. Infra, Ultra va gipertovushlarni inson qulog’i eshitmaydi. Gaz va suyuqliklardagi T. to’lqini faqat bo’ylama to’lqin, qattiq jismlarda tarqaladigan to’lqinlar esa ham bo’ylama, ham ko’ndalang bo’lishi mumkin. T. tezligi quruq havoda 15° trada 0,34 km/s, suyukdikda 152 km/s, qattiq jismda 5Q6 km/s (olmosda 18 km/s) bo’ladi. Insonlar qabul qilgan T.larni ularning yuksakligi, tembri va qattiqligiga qarab bir-biridan farq qiladi. Ana shu har bir sub’ektiv bahoga T. to’lqinining aniq fizik xarakteristikam Moe keladi. Har qanday Real T. oddiy garmonik tebranish emas, balki ma’lum chastotalar to’plamiga ega bo’lgan garmonik tebranishlarning yig’indisidan iborat. Berilgan T.da ishtirok etuvchi tebranishlar chastotalari to’plami T.ning akustik spektri debataladi. Agar T.da ma’lum intervaldagi barcha chastotaga ega bo’lgan tebranishlar ishtirok etsa, u holda spektr tutash spektr deyiladi. Agar T. bir-biridan chekli intervallar bilan ajralib turuvchi diskret chastotali tebranishlardan tashkil topgan bo’lsa, spektr chizikli spektr deyiladi. Shovqinlar, mas., daraxtlarning shamolda shitirlashi tutash spektrga, cholg’u asboblari T.lari esa chiziqli spektrga ega bo’ladi. Yuza birligi orqali vaqt birligida T. to’lqini olib o’tayotgan energiya T. intensivligi deb ataladi. Elastik muhit bo’ylab T. tarqalganda u tarqalmagan paytdagiga nisbatan ortiqcha bosim hosil bo’ladi, uni T. bosimi deyiladi. T. intensivligi T. bosimining amplitudasiga hamda muhit xossasiga va to’lqin shakliga bog’liq. T. intensivligi Xalqaro birliklar tizimida VtG’m2 larda o’lchanadi. T. intensivligi va chastotasiga bog’liq bo’lgan T. qattiqligi xarakateristikasi xam mavjud. Odam qulog’i 1 — 5 kgs chastota sohasida juda sezgir bo’ladi. Bu sohada eshitish bo’sag’asi, ya’ni eng kuchsiz eshitiluvchi T.larning intensivligi 10~12 VtG’m2, unga Moe T. bosimi 10~5 NG’m2 kattalikka teng. Odam qulog’i eshitadigan T.ning eng yuqori intensivligi 1 VtG’m2 ga teng. Ultratovush texnikasida bundan ham yuqori (104 kvtg’m2 gacha) intensivlikka erishilgan. Ultratovushning bu xususiyatidan texnika, biol. va tibbiyotda keng foydalaniladi. Ad.: Krasilnikov V. A., Zvukovie i ultrazvukovie volno’v vozduxe, vode i tvyordo’x telax, M., 1960; Cheld G., Zvuk, Per. s angl., M, 1975.