Tovush

Tovush (musiqada) — musiqaning ifoda kuchiga ega eng kichik tarkibiy qismi. Musikiy T.lar ma’lum musiqiy tizimni tashkil etib, muayyan balandpastlik (lad), uzunqisqalik (ritm va metr), dinamika va tembrga ega bo’ladi. Odatda, musiqada 16 Gts — 4500 Gts (S2—d5) orasidagi, 0,015 sek -23 min. uzunligidagi T.lardan foydalaniladi. Shuningdek, musiqada muayyan balandlikka ega bo’lmagan (aleatorika, sonoristika, usul) T. lardan ham qo’llaniladi. Musiqiy T.larning o’ziga xosligi, shuningdek, badiiy talqin jarayonidagi (agogika, artikulyasiya, sur’at, melizmlar va b.) xususiyatlar bilan belgilanadi (yana q. Nag’ma, Ton). Ad.: Nazaykinskiy E., Zvukovoy Mir muzo’ki, M., 1988.