Tovush yutuvchi materiallar

Tovush yutuvchi materiallar – g’ovakli o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan va tovush yutuvchanligi deyarli yuqori koeffitsientga (0,2 dan ortiq) ega bo’lgan material. Shovqinni pasaytirish talab qiluvchi, xonalarni va texnik qurilmalarni qoplash uchun, shuningdek, tomosha zallari, radiostudiyalar va boshqalarning akustik xususiyatini yaxshilash uchun ishlatiladi.