Tovushqator

Tovushqator — muayyan musiqa tizimidagi barcha tovushlarnnj tartiblashgan majmuasi (mas., lad tovushlarining izchil tuzilmasi, gamma). Turli musiqa uslublarida T. ahamiyati har xil bo’ladi. Mac, dodekafoniya uslubidagi asarlarda T.dan ko’ra intervallar izchilligining mohiyati balanddir. Og’zaki an’anadagi musika, jumladan, o’zbek xalq va mumtoz musiqa ijodida T. larning bir nechta tarixiy — uslubiy ko’rinishlari ajratiladi. Mas., mavsum marosim ko’shiqlarita xos tor (kvartakvinta) hajmdagi T.lar, xalq lirik va raqs qo’shiqkuylarda asosiy o’rin tutgan oktava diapazonidagi T.lar, makom T.lari va b. Ba’zi (yig’i, alla, qissaxonlik kabi, kompozitorlik ijodida esa — sonoristika, elektron musika va b. yo’nalishidagi) musiqa shakllarida muayyan T. tizimi o’rniga tovushlarning erkin munosabatlari asosiy o’rin tutadi. Ad.: Vaxromeev V., Muzikaning elementlar nazariyasi, 2nashri (maxsus muharrir T. G’afurbekov), T., 1980.