Toxarlar, to’xorlar

Toxarlar, to’xorlar — Markaziy Osiyoning kadimiy etnoslaridan biri. Ilk marotaba yunonrim manbalarida toxar, Tagur (mil. AV. 1 — mil. 1-a.lar), keyinroq esa, ilk o’rta asrlarda hind manbalarida tukxara, Xitoy yilnomalarida tuxolo, qad. turk manbalarida toqar (to’qar), toxri (to’xri) shakllarida qayd etiladi. Ko’pchilik olimlar (E. V. Rtveladze, Yu. A. Zuev) T. ni hindevropa tillari oilasining alohida tarmog’i hisoblaydilar. Ba’zi tadqiqotchilar (g. V. Bayle, V. Genning) esa ularni hindevropa til oilasining Eron guruhiga kiritadilar. Yunon manbalaridan ma’lum bo’lishicha, T. mil. AV. 2-a. o’rtalarida bir guruh ko’chmanchi qabilalarning Sharqiy Turkistondan chiqib, Jan.g’arbda YunonBaqtriya podsholigshsh bosib olishida ishtirok etadilar va Amudaryoning yuqori havzasida joylashib qoladilar. Ptolemey (mil. 1-a.) T.ni «Baqtriyaning eng katta xalqi» sifatida tilga oladi. Ilk o’rta asrlarda Baktriya o’lkasining Toxarispgon nomi bilan yuritila boshlanishi ham ularning milodning ilk asrlaridan boshlab Baqtriya aholisining ko’p sonli va hukmron tabaqasini tashkil etganligini ko’rsatadi. Baqtriya o’lkasi qad. Xitoy yilnomalarida Dasya shaklida qayd etiladiki, tadqiqotchilar uning toxar so’zining xitoycha talaffuzidir, deb hisoblaydilar. T. ning ilk vatani masalasi bahsli. Bir qism tadqiqotchilar fikricha, ularning ilk ona yurti shim. Qora dengizbo’yi yoki Volgabo’yi dashtlari bo’lib, mil. AV. 3ming yillikda Old Osiyo orqali sharqqa, O’rta Osiyo orqali Sharqiy Turkistonga borib joylashganlar. Boshqa tadqiqotchilar fikriga ko’ra, T. ning ilk vatani aynan Sharqiy Turkiston bo’lib, ular bu erning avtoxton (tub joy) aholisi bulgan va mil. AV. so’nggi asrlarda O’rta Osiyo va Baqtriyaga ko’chib o’tishgan. Bir qancha tadqiqotchilar qad. Xitoy yilnomalaridagi yuechji va yunonrim manbalaridagi T.ni bitta xalq deb, hisoblashadi va ular dastlab hoz. Xitoydagi Gansu (Kengsuv) viloyatida yashaganliklarini ta’kidlaydilar. Aynan Sharqiy Turkiston hududida T.ga mansub Braxmiy xatida bitilgan ko’plab qad. yozma yodgorliklar topilgan. Ushbu yozma asarlarning asosiy qismi mil. 5-10-a. larda yaratilgan bo’lib, aksariyati buddaviy asarlar va matnlarning toxarcha tarjimalari yoki qayta ishlanmalaridir. Bundan tashqari, Lobnor ko’li atrofidan topilgan Krorayna davlatining mil. 3-4-a.larga mansub prakrit tilidagi hujjatlarida toxarcha suzlarning uchrashi toxar tilining ushbu davrgacha tarqalganligini ko’rsatadi. 3. Validiy fikricha, ular asli uraloltoy xalqlariga mansub bo’lib, keyinchalik toxar etnonimi Sharqiy Turkistonga ko’chib kelgan hindevropaliklarning bir guruhi uchun qo’llanila boshlagan. Xususan, toxar etnonimining yasalishi uraloltoy tillariga xosdir. Ushbu til oilasiga mansub xalqlarda —ar (er) «odam» ot yasovchi qo’shimchasi asosida ko’plab etnik nomlar vujudga kelgan. Jumladan, avar, majar (mojor), bulg’ar (bulg’or), tatar, xazar, Sabar kabi. Toxar etnonimi ham xuddi shu shaklda paydo bo’lgan, ya’ni toxarq»toxQar». Shuningdek, Dunxuandan topilgan ilk o’rta asrlarga taalluqli «SakXo’tanBrahma» yozuvli «qavmlar va geografik nomlar ro’yxati»da Sharqiy turklarning besh Tardush urug’idan biri tugara etnonimini toxar bilan tenglashtiradilar. O’g’uzlarning bir urug’i bo’lgan to’gar (do’ker) nomini ham toxar etnonimi bilan bog’laydilar. Bular qatoriga turkmo’g’ul qabilasi bo’lmish jaloyirlarning bir urug’i toxraut, Old Osiyoda yashagan oqqo’yunli turklarning tuxarlu singari etnonimlarini qo’shish mumkin. Bundan tashqari, fors til guruhiga mansub osetinlarning yana bir nomi digor deb yuritiladiki, tadqiqotchilar uni toxar etnonimining izlaridan biri hisoblashadi. Ad.: Rtveladze E.V., Velikiy shyolkoviy put, T., 1999; Zuev Yu. A., Rannie tyurki: ocherki istorii i ideologii, Al – mati, 2002. G’aybulla Boboyorov.