TO’XTAYEV SAIDAXROL
TO’XTAYEV SAIDAXROL (1942.1.9, Toshkent) — kimyogar olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000), kimyo fanlari doktori (1984), professor (1986). Toshpini tugatgan (1963). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi kimyo institutida aspirant (1966— 69), ilmiy xodim (1969 — 70), laboratoriya mudiri (1971 yildan), ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari (1991-92). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi o’g’itlar intida bo’lim mudiri (1993— 99), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutida laboratoriya mudiri (2000 y.dan). Ayni vaqtda shu institutdagi Toshkent kimyo-texnologiya institutining «noorganik moddalar texnologiyasi» kafedrasi filiali mudiri (2000 yildan). Ilmiy ishlari o’simliklar oson o’zlashtiradigan mikroelementlardan iborat birikmalar, fiziologik faol moddalar, murakkab mineral o’g’itlar olish va ularning samaradorligini oshirishga oid. To’xtayev rahbarligida Qizilqum fosforitlaridan oddiy va boyitilgan superfosfat, qishloq xo’jalik ekinlarini bargi orqali oziqlantirish uchun suvda eruvchan yangi murakkab o’g’itlar sintezining nazariy va texnologik asoslari ishlab chiqilgan. «Shuhrat» medali bn mukofotlangan (1996). As: formamid i udobreniya na ego osnove (v soavtorstve), T., 1986; sulfat Kaliya s mikroelementami (v soavtorstve), T., 1988; Problemi ximii, texnologii, agroximii, ekonomiki i ekologii udobreniy i defoliantov (v soavtorstve), T., 1990.