To’yboeva Sofya Erjonovna

To’yboeva Sofya Erjonovna (1913.30.1, Qozog’iston, g’azali sh. — 1996.25.10, Dushanba) — aktrisa, tojik milliy teatri asoschilaridan. Tojikiston xalq artista (1941). 20-y.larda Buxorodagi maktab havaskorlari, keyinroq mahalliy o’zbek teatri spektakllarida qatnashgan. 1929-31 y.lar Hamza teatri – da, 1931 y.dan Lohutiy nomidagi drama teatri aktrisasi. Juletta («Romeo va Juletta»), Luiza («makr va muhabbat»), Dezdemona («Otello»), Lyubov Yarovaya («Lyubov Yarovaya»), Shi PIN («tayfun»), Sarvara («ona hukmi») kabi rollari bilan tanilgan. Kinoda Mehriniso xola («men bir qizni uchratdim»), Bonu («Shoir qismati»), Saidabonu («o’g’lim uylanish yoshida»), ona («Zumrad»), xodima («kul ostidagi cho’g'»), Nigoroyim («Mehrobdan chayon», «O’zbekfilm») va b. obrazlar yaratgan. 1968-84 y.lar Tojikiston teatr jamiyati raisi bo’lgan.