Traktorni kim ixtiro etgan?

Kyuno tomonidan 1770 yilda yaratilgan bug’ mashinasi ayni paytning o’zida ham traktor, ham mashinadir. Biroq odatda traktorning ixtiro etilishini Kili degan bir ingliz ixtirochining nomi bilan bog’lashadi. Xuddi shu ixtirochi 1825 yilda har qanday tuproq sharoitida harakatlana oladigan va bug’ yordamida ishlaydigan g’ildirakli mashinani yaratdi. Yog’och va temirdan yasalgan traktor g’ildiraklari qayish yordamida harakatga keltiriladi. Mashinaning og’irligi ikki katta g’ildirak ustiga taqsimlab tushirilgan bo’lib, shu sababli uning tuprodka bosimi kamayadi. Mashina oldindagi buriluvchan g’ildirak yordamida boshqariladi. 1903 yilda Benjamin Xolt haqiqiy zanjir oyoqli traktorni ixtiro qildi. Uni istalgan tuproq turida ishlatish mumkin edi. Bugun rezina oyoqli traktorlar bilan bir qatorda zanjir oyoqli mashinalar ham uchraydi. Ular serqudrat mashinalardir, lekin ancha noqulay, chunki yo’llarda imillab harakatlanadi. G’ildirakli traktorlar oldingi va orqa o’qlarga uzatmalar bilan bog’langan. Traktorlarning rezina oyoqlari juda katta, biroq traktorning og’irligi shu qadar hisoblab belgilanganki, uning g’ildiraklari aslo toymaydi. U har qanday yer sharoitida o’zini yaxshi his qiladi. Bugungi qishloq xo’jalik traktorlari shatakka olish moslamalari bilan ta’minlangan, ularga har xil qishloq xo’jaligi qurol-aslahatlarini biriktirsa bo’ladi. Traktorlarda mavjud sharlar yordamidagi bog’lanishlar burilish-qayrilishda erkinlik tug’diradi, shuningdek yuklarni ko’tarish va yer ishlari qo’llaniladigan gidravlik mexanizmlar mavjudligi ham juda muhimdir.