Trolleybusga nega «mo’ylov» kerak?

Trolleybus — elektr toki bilan ishlaydigan shahar transport vositasidir. Uning shtangalari (jonli tilda uni «mo’ylovlar» deyishadi), havodagi simlar bo’ylab sirg’alib harakatlanadi, eng uchida elektr tokini qabul qiladigan plastinkalari bor. Xuddi shu plastinkalar yordamida trolleybusning tortuvchi dvigateli elektr tokini qabul qiladi. Shunday qilib, trolleybus avtobus va tramvaylarning barcha afzalliklarini o’zida mujassamlashtirgan holda elektr kuchi bilan tortish asosida ishlaydi. Mutaxassislarning tasdiqlashicha, shaharlardagi transport kelajakda elektr tokidan quvvatlanib harakatlanishga o’tadi: bular — elektr dvigatelli trolleybuslar va avtobuslardir. Ularning afzalligi, birinchidan shundaki, havoga zaharli chiqindi chiqarmaydi, ikkinchidan, tramvaylarga o’xshab ularning harakati cheklangan holatda bo’lmaydi. Chunki tramvaylarning izlari ko’chalarning o’rtasidan o’tkazilgan. Buning ustiga, tramvay temir izli transport turi ekanligining o’zi muayyan bir noqulayliklarni tug’diradi. Trolleybusda bunday kamchiliklar uchramaydi. U epchil yurishi, katta tezlikka egaligi va deyarli shovqin-suronsiz harakatlanishi bilan diqqatga sazovordir.