Uglerod nima?

Uglerod har bir tirik mavjudot hayoti uchun g’oyatda zarur elementdir. Yerda mavjud bo’lgan barcha moddiy narsa-ashyolar tarkibida bir foizdan kamroq miqdorda bo’lsa-da uglerod uchraydi, biroq uglerod — tirikmi-o’likmi — har qanday jismda mavjud. Har bir tirik mavjudotning tanasi tarkibida uglerod mavjud moddalardan tashkil topgan. Shu boisdan, yerning qayeridaki, u yoki bu miqdorda uglerod borligi sezilsa, demak, u yerda qachonlardir hayot mavjud bo’lganligini ko’rsatadi. O’simliklar uglerodni havo tarkibida mavjud karbonat angidrid — uglerod ikki oksididan oladi. Undan o’z tanasi, butoqlari va yaproqlarini bunyod etishda foydalanadi. Hayvonlar o’t-o’lanlarni yeb, shu orqali uglerodni qabul qiladi. O’simliklar ham, hayvonlar ham nafas olish paytida uglerodni uglerod ikki oksidi tarzida havoga chiqaradi, tuproqda esa uglerod o’lgan mavjudotlar tanasining chiqishi natijasida paydo bo’ladi. Sof holatda mavjud uglerod shakllaridan eng nomdori va, ehtimol, odamlar uchun qimmatlisi ko’mirdir. Ko’mir tarkibining 5 d/n 4 qismi ugleroddan iborat, qolganlari esa vodorod va boshqa elementlardir. Ko’mirning qimmati uglerodning kimyoviy xossalari bilan uzviy bog’liq, bu xususiyatlarning eng muhimi shuki, uglerod kislorod bilan bajonidil o’zaro ta’sirga kirishadi. Bu jarayon ko’mirni ochih havoda yoqilganida yuz berib, ayni paytda xilma-xil maqsadlarda foydalanish mumkin bo’lgan juda katta miqdordagi issiqlik energiyasi ajralib chiqadi. Biroq o’lik tabiatdagi uglerod faqat ko’mir shaklidagina mavjud emas. Uglerodning sof holatdagi, bir-biridan keskin ajralib turuvchi tag’in boshqa ikki xili bor. Bu — grafit va olmos. Grafit juda yumshoq va sezimli darajada moylidir. U ko’pgina mexanizmlarni moylash uchun g’oyat qulay moylovchi xom-ashyo bo’lib xizmat qiladi. Yana, sizga ma’lumki, undan qalam o’zagi tayyorlanadi. Buning uchun grafitni yumshoq holatdan chiqarib, qotirish uchun unga loy aralashtiriladi. Olmoslar esa, aksincha, odamlarga tanish qattiq moddalarning eng qattiqlaridan biri hisoblanadi. Olmoslardan qattiq moddalarni kesuvchi asbob-uskunalar yasash, shuningdek zargarlik taqinchoqlari tayyorlashda foydalaniladi. Uglerod atomlari o’zaro bir-biri bilan va boshqa elementlarning atomlari bilan aloqaga kirisha oladi. Natijada juda ko’p miqdordagi uglerod birikmalari olinadi. Ulardan eng oddiysi yuqorida eslangan uglerod ikki oksidi bo’lib, u uglerod kislorod ichida yoki havoda yoqilganda hosil bo’ladi. Uglerod oksida yoki karbonat kislotasi odamlar va hayvonlar uchun zaharli bo’lib, uglerod ma’dani kislorod kam bo’lgan atmosferada yoqilganida vujudga keladi. Uglerod boshqa elementlar va moddalar bilan juda katta qiyinchiliklar orqali o’zaro birikadi. Bunday hol ayniqsa haroratning yuqori darajadagi sharoitida sodir bo’ladi.