Transpirasiya

Transpirasiya (lot. trans orasidan, oralab va spiro — nafas olaman, nafas chiqaraman) — o’simliklarning suv bug’latishi. Muhim fiziologik jarayonlardan bo’lib, o’simlikning to’xtovsiz nam olib turishiga yordam beradi, tuprokdan mineral tuzlarning kelib turishini ta’minlaydi, to’qimalar harorati, turgor darajasi va protoplazmaning tarangligini boshqarib turadi. Asosiy T. organi barg bo’lib, undagi mezofill hujayralari hujayralar oralig’iga doim suv bug’ini ajratib, so’ngra uni barg og’izchalari (og’izcha T.si) yoki kutikula (kutikula T.si) orqali atmosferaga tarqatadi. T. kattaligi tashqi muhit sharoitlari — yoritilganlik, tuproq va havo harorati, namligi, shamol kuchi, shuningdek, kamroq darajada o’simlik turi va navlarning biologik xususiyatlariga bog’liq. Tashqi muhit sharoitlari T.ning sutkalik va mavsumiy jadalligiga ta’sir ko’rsatadi. Maksimal T. mavsumning eng issiq davrlarida va kunning yarmigacha, minimal T. saharda va qishda kuzatiladi. T. j a dalligi turli suv va ozik, rejimlarida o’simliklarning suv bilan ta’minlanish darajasini va ularning mahsuldorligini tavsiflab beradi. U 1 dm2 barg sathidan ma’lum vaqt birligida (mg. dm2/soat) bug’langan suv mikdori bilan aniklanadi. 1 l suv sarflanganda o’simlik hos_il__kiladigan quruq modda mikdori T. unumdorligi, 1 g quruq modda hosil qilish uchun o’simlik sarf etadigan suv T. koeffisienti deyiladi. Mae. 1 g quruq modda hosil qilish uchun g’o’za 400-700, kuzgi bug’doy 500 g gacha, suli 415-500, Tarik, 200-280 g suvni bug’latadi. Shu sababli tuproqda namlikni saqlashga mo’ljallangan agrotexnika tadbirlari bilan bir qatorda maydon birligiga to’g’ri keladigan ekin tuplari qalinligini shakllantirish muhim ahamiyatga ega (yana q. O’simliklarning suv rejimi). Ad. Sleycher R., Vodniy rejim rasteniy, M., 1970; Libert E., Fiziologiya rasteniy, M., 1976; Samiev X.S., Vodniy rejim i produktivnost xlopchatnika, T., 1979. Abdukarim Zikiryoev.