Transplantatsiya
Transplantatsiya — odam va hayvonlarda patologik jarayon natijasida shikastlangan yoki olib tashlangan to’qimalar va organlar o’rniga sog’lomini ko’chirib o’tqazish. Xirurgiya usuli sifatida qadimdan ma’lum. Teri, muskul, nervlar, ko’zning muguz pardasi, yog’va suyak to’qimasi, yurak, buyrak va boshqa organlar ko’chirib o’tqaziladi. Qon quyish — Transplantatsiyaning alohida turi. Ko’chirib o’tqaziladigan to’qima yoki organ kimdan olinganiga qarab transplantantlar quyidagicha farqlanadi: autotransplantant — bemorning o’zidan, allotransplantant — odamdan odamga, ksenotransplantant — boshqa individdan. Hozirgi buyrak Transplantatsiyasi juda keng yo’lga qo’yilgan. Boshqa organlar: yurak, jigar, endokrin bezlar, o’pka va boshqa organlarni ko’chirib o’tqazish maxsus klinikalarda bajariladi.