TRANSURAN ELEMENTLAR

TRANSURAN ELEMENTLAR – Mendeleev davriy sistemasisa urantsan so’ng joylashgan (at. raqami Z>93 bo’lgan) kimyoviy elementlar. T.e. nisbatan tez radioaktiv parchalanishi tufayli er po’stida aytarli mikdorda saklanib qolmagan. Erning yoshi 510′ y.ga yaqin, eng uzoq yashovchi T.e. izotoplarining yarim emirilish davri esa 107 y.dan kichik. Er kurrasi paydo bo’lganidan boshlab nukleosintez jarayonida hosil bo’lgan. T.e. yo butunlay parchalanib bitgan yoki ular mikdori keskin kamayib (1012 martagacha) ketgan. Eng uzoq mavjud bo’luvchi T.e. dan hisoblangan plutoniy (244ri)ning tabiiy minerallarida nihoyatda kichik mikdori topilgan. Balki u er kurrasi paydo bo’lgan paytdan boshlab saqlanib qolgandir. Uran rudalarida neptuniy (237Np) va plutoniy (239Ri) yuqlari topilgan. Dastlabki T.e. 20-a.ning 40-y.larida AQSh da E. Makmillan va g. Siborg boshchiligida bir guruh olimlar tomonidan sintezlab topilgan. T.e. nishonni neytron oqimi yoki zaryadlangan zarrachalar bilan nurlatish yo’li bilan olinadi. Agar nishon sifatida uran U ishlatilsa, kuchli neytron oqimi yordamida Fm(Zq100) gacha bo’lgan barcha T.e. ni olish mumkin. Zq101 (mendeleeviy) elementi 1955 y.da 99Es (eynshteyniy) elementini tezkor azarrachalar bilan nurlatib kashf qilindi. Z>101 bo’lgan elementlar zaryadlangan zarrachalar tezlatkichida [Birlashgan yadro tadqiqotlari inti tsiklotroni (OIYaI; Dubna, Rossiya) va og’ir ionlar chizikli tezlatkichi «Xaylak» (Berkli, AQSh)]da olindi.