Traxit

Traxit (Yunoncha trachys — g’adirbudir) — odatda, porfirli, kaynotip tog’ jinsi. Porfirsimon strukturali, tarkibidagi minerallari, asosan, sanidin, oz miqdorda plagioklaz, biotit, piroksen yoki amfibollardan iborat. Traxit sienitnpng effuziv analogi bo’lib, nisbatan kam tarqalgan tog’jinsi. Unda 60% gacha kremniy kislota va 10% gacha ishqor bo’ladi. Zichligi 2,5 g/sm3. G’adirbudir ko’rinishga ega. Shishali Traxit (obsidian, pemza) va Traxitli tuflar mavjud. Rangi och kulrang, sariq va qizg’ish. Chiroyli rangli turlari dekorativ va bezak toshlar sifatida ishlatiladi. Traxit Kavkaz, Italiya, Frantsiya va boshqa joylarda uchraydi.