Traxitlar
Traxitlar – porfirli vkraplennik va mikrolitlar ko’rinishidagi dala shpati, pagioklaz, ba’zan vulqon shishasi va rangli minerallardan tashkil topgan effuziv tog’ jinslari. O’zining mineralogik va kimyoviy tarkibi bo’yicha siyenitlarga ham o’xshash bo’ladi, lekin traxitlar ancha g’ovakli materiallar qatoriga kiradi. Shuning uchun traxitlarning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi yuqori emas, ya’ni 60-70 MPa ni tashkil etadi; zichligi 2500kg/m3 atrofida, ularning muzbardoshligi esa senitlarnikiga qaraganda katta emas. Kulrang tusga ega bo’lgan chiroyli qurilish va dekorativ tosh.