Trestlarga qarshi qonunchilik

Trestlarga qarshi qonunchilik — raqobatni rivojlantirish, monopoliyalarni cheklash va taqiqlashga yo’naltirilgan, monopolistik tuzilmalar va birlashmalarni tashkil etishni, monopolistik faoliyatni taqiklaydigan qonunlar va hukumat qarorlari. Trestlarga qarshi qonunchilik birinchi marta 1890 yilda AQShda qabul qilingan (Sherman akti).