Trimmer

Trimmer (ing. trimmer — tartibga solmoq) — 1) aviasiyada — uchish apparati (mas., samolyot) ruli (yoki eleron) ning quyruq qismidagi kichkina og’diruvchi qism. Apparatni boshqarish tizimidagi zo’riqish (kuch) ni kamaytirish uchun xizmat qiladi; 2) irg’ituvchi konveyer; ko’chma yuk ortishtushirish mashinasi. Yuk ortish yoki tushirish paytida T. rotori parraklari, disk yoki harakatlantiruvchi lenta yuk (tuproq, don va b.) ga kinetic energiya uzatadi, natijada yuk ancha (30 m gacha) masofaga irg’itiladi. T. shaxtalarda, T.y. ko’tarmalari qurishda, kemalar, omborlar, vagonlarga yuk ortishtushirishda ishlatiladi; 3) radiotexnikada — kichik o’zgaruvchan sig’imli elektr kondensator. Radioelektron qurilmalar, rezonansli tebranma konturlarning sozlovchi elementa sifatida ishlatiladi. Tuzilishi jihatidan T. o’zgaruvchan sig’imli, bitta stator, bitta rotor plastinali yassi kondensatorlardan iborat. Ba’zan, ikki (va ko’proq) koaksial keramik tsilindr yoki metall plastina (havo tirqishli), metallashtirilgan ke-ramik naycha va o’zakdan iborat tizim ham bo’lishi mumkin. T.ning sig’imi va uning o’zgarish diapazoni, odatda, bir necha PF (pikofarada) yoki bir necha o’n PF ni tashkil qiladi.