Tristandakunya

Tristandakunya – Atlantika okeanining Janubiy qismidagi 4 vulkan orolidan iborat orollar guruhi. Buyuk Britaniya mulki. Eng katta oroli —Tristan (maydoni 117 km2) vulkan konusidan iborat bo’lib, bazalt va traxit yotqiziqlaridan tuzilgan. Balandligi 2060 metrgacha. 1961-62 yillarda kuchli otilgan. Aholi baliq ovlash bilan shug’ullanadi. Asosiy aholi punkti — Edinburg. Orolga yevropaliklardan birinchi bo’lib 1506 yilda portugaliyalik dengizchi sayyoh Tristanda Kunya borgan. Orollar uning nomi bilan atalgan.