TRITON
TRITON — Neptun sayyorasining yo’ldoshlaridan biri, diametri 2700 kilometr, sayyoradan o’rtacha uzoqligi 355 ming kilometr. 1846 yilda ingliz astronomi U. Lassel kashf etgan. Triton sayyora atrofida uning aylanishiga teskari tomonga harakatlanib, uning atrofini taxminan 5 sutkada aylanib chiqadi.