Tromboflebit

Tromboflebit (Yun. trombos — laxta va plebos—vena) — vena devorining yallig’lanib, unda tromb hosil bo’lishi. T.da ko’proq oyoq venalari zararlanadi. T. ayrim infektsion kasalliklar (terlama) yoki venalar shikastlanishi oqibatida, ba’zan tug’ruqdan keyingi asorat sifatida paydo bo’lishi mumkin. T. ga qon oqishi susayib, qon ivishining kuchayishi va venalar devorining o’zgarishi sabab bo’ladi. T. jiddiy kasallik bo’lib, og’ir asora!larga olib keladi. Ayniqsa, yuzdagi T. xavfli, chunki bunda yallig’lanish jarayoni bosh miyaga tarqalib ketishi mumkin; chanoq venalari T.i esa ko’pincha jigarning zararlanishiga olib keladi. O’tkir va surunkali, venalarning joylashishiga qarab yuza va chu kur T. farq qilinadi. Oyoq chuqur venalarining o’tkir T.i to’satdan bir necha soat ichida boshlanadi. Zararlangan vena bo’ylab atrofidagi muskullar og’riydi, oyoq shishadi, bemorning umumiy ahvoli yomonlashib, harorati ko’tariladi (39° va undan yuqori), eti uvushadi. Kasallikning o’tkir xuruj davri pasaygandan keyin surunkali shaklga o’tib ketishi mumkin. Ba’zan venalar yo’lining to’silgancha qolishi oyoqda qon oqishini qiyinlashtirib, shish paydo bo’lishi, venalarning varikoz kengayishit olib keladi. Yuza venalarning o’tkir T.ida teri osti venalari qattiq og’riydi, oyoq shishmasligi ham mumkin. Yallig’langan Venada og’riqli, qattiq tuguncha hosil bo’lib, shu joy terisi qizaradi; gavda trasi ko’tariladi; limfa bezlari kattalashadi. Iloji boricha barvaqt va to’g’ri davo qilinsa, bemor tezda tuzalib ketadi. Kechiktirilgan hollarda abssess, flegmona kabi og’ir asoratlar paydo bo’lishi yoki kasallik surunkali Tue olishi mumkin. O’tkir T.ga xos alomatlar paydo bo’lganda mutaxassis vrachga ko’rinish lozim. Massaj qilish (uqalash) yoki maz surtish yaramaydi. Davo kasallik bosqichi va shakliga bog’liq xrlda olib boriladi; og’irroq hollarda operasiya qilinadi.