Tromboz

Tromboz — tirik organizmda tomir ichida paydo bo’ladigan qon laxtasi (tromb), eritrosit, trombositlar va fibrindan iborat laxta tomir devoriga yopishib, qon oqimiga xalaqit beradi. Tomirlar devorining shikastlanishi (aterosklerozda, yalliglanishda), qon oqishining sekinlashuvi, qonning yopishqoqligi va ivishining kuchayishi Trombozga sabab bo’ladi. Periferik venalar Trombozi ko’p uchraydi. Arteriya Trombozi qon oqimiga to’sqinlik qilishi sababli qon bilan ta’minlanuvchi organlarda ishemiya va infarkt (masalan, miokard infarkta), yurak bo’shliqlari va venalar Trombozi esa tromboemboliya hosil qilishi bilan xavflidir.