TRUSKAVES
TRUSKAVES — Ukrainaning Lvov viloyatidagi shahar (1948 yildan). Mashhur balneologik kurort. Lvovdan 100 kilometr Janubi g’arbda, Drogobichdan janubroqda. Karpat tog’lari etagida, 400 metr balandlikda. Vorotishche tog’daryosining vodiysida joylashgan. Temir yo’l stantsiyasi. Lvov — Ujgorod temir yo’l tarmog’ining oxirgi punkti. Aholisi 33,6 ming kishi (1990 yillar o’rtalari). Truskavesdagi dastlabki balneologik shifoxona 1827 yilda sulfidli mineral suv bulog’i o’rnida ochilgan. Kurortda buyrak, siydik yo’li, oshqozon, jigar va o’t yo’llari, yuraktomir kasalliklari va boshqalar davolanadi. Truskaves hududida 10 dan ziyod sanatoriy faoliyat ko’rsatadi. Mineral suvlardan, ayniqsa, «Naftusya» mineral suvi mashhur. Turizm rivojlangan.