Tug’chiboshi
Tug’chiboshi-harbiy qism bayrog’i (tug’i)ni olib yuruvchi va qo’riqlovchi otryad boshlig’i. O’rta asrlarda mo’g’ul va turkiy xalqlarda xon qo’shinini tashkil etgan har bir qabila alohida harbiy qism hisoblanib, o’z bayrog’iga ega bo’gan. XVI-XVII asrlarda tug’chiboshi “tug’begi” deb ham atalgan. XVIII-XIX asrlarda amalda bo’lgan “to’g’sabo” hamda “to’qsovul” atamalari “tug’chiboshi”ning variantlari bo’lib, harbiy unvonni anglatgan.