Tukli beshbarmoq
Tukli beshbarmoq [Digitaria sanguinalis (L.) Scop.] — boshoqdoshlarga mansub bir yillik begona o’t. Poyasi sershox, bo’yi 10-70 sm. Barglari uzunchoqnashtarsimon. To’pguli chochoq ro’vaksimon. Mevasi mayda don. Ildizi popuk ildiz, 40 sm gacha chuqurlikka kirib boradi. Urug’idan ko’payadi. Apreldan iyungacha nihollari ko’karaveradi, iyul — okt. gacha gullaydi va mevalaydi. Bir tupi 5000 tagacha urug’beradi. Urug’lari osongina to’kiladi, asosan, suv orqali tarqaladi. Urug’i 20-35° haroratda unib chiqadi. O’rta Osiyoning sug’orma dehqonchilik mintaqalarida keng tarqalgan. Beda, g’o’za va b. chopiqtalab ekinlar orasida, shuningdek, sug’orish shoxobchalari bo’ylari, yo’l yoqalarida uchraydi.