Tuman
Tuman (turkiymo’g’ulcha — o’n ming) — 1) 7-18-a.larda Markaziy Osiyo, Xurosonda 10 ming kishidan iborat harbiy qism, diviziya. Turkiyda bitilgan yodgorliklardan ilk bor Kultegin bitiktoshi va Bilga xoqon bitiktoshida qayd etilgan. Ko’shin T.i, o’z navbatida, minglik (hazora), yuzlik (sada) va o’nlik (daha) qismlaridan tashkil qilingan. T. larga no’yon, tuman oqosi, tuman begilar qo’mondonlik qilgan. Amir Temur qo’shinidagi T.larga Sohibqironning o’g’illari, nabiralari hamda Shayx Nuriddin, Hoji Sayfuddin, Shohmalik, Allohdod, Jahonshoh singari nomdor beklar rahbarlik qilgan; 2) Eron (13-16-a.lar) va O’rta Osiyo (13-19-a. lar)da 10 ming va undan ortiq askar etkazib berish imkoniyatiga ega bo’lgan ma’muriyhududiy birlik. Boburttt «Boburnoma»da ta’kidlashicha, 16-a. da Samarkand viloyatiga Sug’d, Shovdor kabi T.lar tegishli bo’lgan. Kobul viloyati 14 ta T.dan tashkil topgan. Andijon va Qashqarda T. o’rnida «o’rgin», Hindistonda «pargana» istiloxlari qo’llanilgan; 3) o’rta asrlardan Eronda muomalada bo’lgan pul birligi — 10000 dinor; 4) O’zbekiston Respublikasida — ma’muriyhududiy birlik. Q. Tuman (O’zRda).