Tumanyan Ovanes Tadevosovich

Tumanyan Ovanes Tadevosovich [1869.7(19).2, — Armaniston hoz. Tumanyan tumani Dseh qishlog’i — 1923.23.3, Moskva] — arman yozuvchisi va jamoat arbobi. Tbilisidagi arman diniy konsistoriyasida, so’ng arman nashriyotlar jamiyati idorasida (1887-93), «Asker» bolalar jurnalida (1905) ishlagan. Arman yozuvchilarining Kavkaz jamiyati (1912— 21), Armanistonga yordam qo’mitasi raisi (1921-22). T. millatlararo qonli to’qnashuvlarga (1905-07) qarshi chiqqan, 2 marta (1908, 1911) qamalgan. 1899 y.da T. rahbarligida Tbilisida «Vernatun» adabiy to’garagi tashkil qilingan. «She’rlar» to’plamlari (1—2j.lar, 1890-92) nashr etilgan. 90-y.larda yaratgan qator she’r, Doston va balladalarida ijtimoiypsixologik konfliktlar, arman xalqi urfodatlari folklor an’analarida aks ettirilgan. Dostonlari dehqonlar hayoti haqida («Maro», 1887; «Loresi Sako», 1889; «Anush», 1890 va b.). «Sosunlik Dovud» dostoni (1902), «Oxtamar» (1892), «parvona» (1903), «Asal tomchisi» (1909), «Shoh va xabarchi» (1917) balladalari arman va Sharq afsonalari asosida yaratilgan. Bolalarga bag’ishlab bir qancha asarlar yozgan («mushuk va kuchuk», «baxtsiz savdogar» va b.). Ayrim asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan («Mening qo’shig’im», «she’rlar», «poemalar», 1962, «Oxtamar», «afsonalar», 1972 va b.).